Xalqaro Nordik universiteti nashriyotida navbatdagi yangi darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi.
Yangi nashrlar mavzu va yo‘nalishlar ko‘lamining kengligi, bugungi taʼlim hamda kasbiy ehtiyojlarga mos mazmuni bilan eʼtiborga molik:
✓ “Investitsiyalar” — Xasan Sabirov va Raʼno Mardanova muallifligidagi darslik. Unda investitsiya siyosati, ustuvor yo‘nalishlar, erkin iqtisodiy zonalar, elektron sarmoya platformalari, yashil investitsiyalar hamda ESG mezonlari kabi bugungi iqtisodiyot uchun dolzarb masalalar yoritilgan.
✓ “Umumiy pedagogika” — Nilufar Berdiyorova, Dilafruz Miraliyeva va Ulug‘bek Jabbarov hammuallifligidagi o‘quv qo‘llanma. Taʼlim-tarbiya qonuniyatlaridan zamonaviy pedagogik texnologiyalargacha, inklyuziv taʼlim va pedagogik mahoratgacha bo‘lgan muhim mavzular yagona ilmiy-uslubiy tizimda jamlangan.
✓ “Psixologik trening asoslari” — Mansur Xolmatov muallifligidagi o‘quv qo‘llanma. Psixologik trening turlari, trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar, treningni tashkil etish jarayoni va amaliy texnikalar yoritilgan.
✓ “Ingliz tili grammatikasidan mashqlar to‘plami” — Sabohat Sodiqovaning uslubiy qo‘llanmasi. A1–A2 darajadagi o‘rganuvchilar uchun mavzular murakkablik darajasiga ko‘ra tartiblangan, mashq va testlar bilan boyitilgan.
✓ “Русский язык” — (N. Azamatova) o‘quv qo‘llanmasi B1 darajasida rus tilini o‘rganuvchi nofilologik yo‘nalish talabalari uchun kommunikativ yondashuv asosida ishlab chiqilgan.
✓ “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi” — (Nazokat Axmedova) maktabgacha taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma.
Unda rasm, applikatsiya, loy va qurish-yasash faoliyatini tashkil etish bilan birga bolalarda estetik did va ijodiy tafakkurni rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratilgan.
Eng muhimi, bu kitoblarda nazariya bilan birga amaliy mashqlar, zamonaviy metodikalar, kommunikativ topshiriqlar va bugungi kasbiy ehtiyojlarga mos mavzularga urg‘u berilgan.
Nordikdan yangi bilimlar jamlanmasi!

July 14 , 2026
1350
Ustozlarimiz yaratgan ilm va tajribalar tizimlashtirilib, kitobga aylantirilmoqda va talabalarga yetkazilmoqda.

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish



