Nordikdan – dunyoga navbatdagi parvozlar!

Nordikdan – dunyoga navbatdagi parvozlar!

February 05 , 2026

|

2121

Kuni kecha professor-o‘qituvchilarimiz Malayziyadan bir olam taassurot, hayrat va yangi tajribalar bilan qaytgan edilar. Endi esa Nordik bir guruh iqtidorli talabalariga Malayziyada o‘qish uchun imkoniyat ochib berdi.

Akbarbek Mirzayev

✨ Fazilat Husniddinova

✨ Rayhona Usanova

✨ Shahlo Yokubova

✨ Shakhnozabonu Kholdarova. 


Bu omadli, bilimli talabalarimiz saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, ta’limni endi global maydonda davom ettiradilar. Malayziyaning nufuzli Universiteti Utarada Exchange student sifatida bir semestr tahsil oladilar. 


Ular Jurnalistika, Jahon iqtisodiyoti, Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishlarida xalqaro bilim va tajriba orttiradilar.


Va yana bir faxrli yangilik! 🌟 Iqtidorli talabamiz Madinabonu Abdusalomovaning Malayziyadagi o‘qish muddati uzaytirildi. Bu — uning bilimi, mehnati va salohiyatiga berilgan katta ishonch!


📊 Nega aynan Utara?

Bu reytinglarda dunyo tan olgan akademik makon:

🔹 THE: Jahon TOP–500 | Yosh universitetlar – 71 | ASEAN – TOP–8 | Malayziya – 6

🔹 QS: Jahon – 491 | Osiyo – 65.


Bu degani — sifat, raqobatbardoshlik va kuchli xalqaro brend.


Nordik yoshlarni dunyo bilan bog‘lashda davom etadi.

photo-2026-02-04-12-02-47-4
Ko‘rib chiqish
photo-2026-02-04-12-02-47
Ko‘rib chiqish
photo-2026-02-05-13-05-57
Ko‘rib chiqish