Nordikda yangi innovatsiyalar to‘lqini: "Startap garaj"da g‘oyalar jamlanmoqda

Nordikda yangi innovatsiyalar to‘lqini: "Startap garaj"da g‘oyalar jamlanmoqda

November 14 , 2025

|

1271

“Dizayn fikrlash va servis dizayn” fanidan talabalar oraliq nazorat doirasida O‘zbekiston sharoitiga mos, eng istiqbolli startap g‘oyalarini ishlab chiqish vazifasini bajardilar.

Talabalar taqdim etgan loyihalar innovatsion fikrlash, amaliy yechimlar va ijtimoiy foydalilik jihatdan e’tirofga loyiq bo‘ldi. Har bir loyiha universitet rahbariyati tomonidan batafsil ko‘rib chiqilib, tahliliy fikr-mulohazalar, takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Ushbu jarayonlar natijasida universitetda yangi tashabbus — “Startap Garaj” yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu platforma talabalarning g‘oyalarini real loyihalarga aylantirish, ular uchun mentorlik, texnik qo‘llab-quvvatlash va ijodiy maydon yaratishga xizmat qiladi.

photo-2025-11-14-10-44-22-3
Ko‘rib chiqish