Nordikda amaliy dars va yangi ilmiy nashr taqdimoti!

Nordikda amaliy dars va yangi ilmiy nashr taqdimoti!

November 13 , 2025

|

918

Nordikda jurnalistika ta’limida so‘z boyligi va aniq terminologiya madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan amaliy dars o‘tkazildi.

Jurnalistika mutaxassisligi talabalari ishtirokidagi mashg‘ulot davomida “O‘zbek tilidagi sport atamalarining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.


Ushbu ilk mukammal nashr — sport sohasi va o‘zbek tili rivojida muhim qadam bo‘lib, unda O‘zbekistonda ommalashgan 20 ga yaqin sport turiga oid minglab atamalar ilmiy asosda izohlangan.


Taqdimotda kitob loyihasi rahbari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, xitoyshunos olima Muxlisa Sobirova hamda Nordik ustozi, tahrir hay’ati a’zosi Yulduz Ortiqova magistr talabalarga batafsil ma’lumotlar berishdi.