Nordik universitetida — yangi nashrlar

Nordik universitetida — yangi nashrlar

January 24 , 2026

|

1956

Xalqaro Nordik universiteti nashriyotida ilmiy tafakkur va zamonaviy taʼlim rivojiga xizmat qiluvchi qator muhim nashrlar chop etilmoqda. Yangi o‘quv adabiyotlar talabalar, izlanuvchilar va mutaxassislar eʼtiboriga havola qilinmoqda.

📘 D.Nasriddinovning “Fantastik adabiyot” nomli monografiyasida zamonaviy fantastik romanlarning badiiy-estetik xususiyatlari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Mazkur asar jahon va Amerika adabiyotini o‘rganayotganlar uchun yangi ilmiy manbadir. 


📗 Z.Madieva, K.Tadjibayeva va R.Yaxshiboyev muallifligidagi “Цифровая экономика” darsligida esa iqtisodiyotning raqamli arxitekturasi, algoritmlari va zamonaviy texnologik asoslari yoritilgan. Ushbu nashr iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti yo‘nalishlari talabalari uchun muhim o‘quv qo‘llanmadir.


📙 I.Erkinxo‘jayevning “Fiskal va monetar siyosat” nomli o‘quv qo‘llanmasida iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlari, davlat moliyaviy siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahliliy yondashuv asosida bayon etilgan.


📕 Shuningdek, Nordik universiteti ustozlari X.Sabirov va R.Mardanova muallifligidagi “Investitsiyalar” darsligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nashr etishga tavsiya qilindi.



photo-2026-01-24-09-41-58
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-24-09-41-57
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-24-09-37-22
Ko‘rib chiqish