Nordik universiteti faollari "Science and innovation awards-2024" taqdirlash marosimi mehmoni bo‘ldilar

Nordik universiteti faollari "Science and innovation awards-2024" taqdirlash marosimi mehmoni bo‘ldilar

December 21 , 2024

|

1708

Olimlar bayrami

"Turkiston" san'at saroyida o‘tkazilgan "Olimlar bayrami"da yurtimiz olimlari jamlandilar. Bayramda "O‘zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasining taqdimoti o‘tkazildi. 


Quvonchlisi, Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori Sherzod Mustafakulov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor Odil Qo‘ysinovning mehnat yo‘li va ilmiy faoliyatlari ensiklopediya sahifalarida yoritildi. 


Ilmiy va innovatsion tadqiqotlar departamenti boshlig‘i Farhod Irisqulov haqidagi maqola esa "Mening muvaffaqiyatli yo‘lim" biografik ensiklopediyasidan joy oldi. 


Anjumanda katta konsert dasturi tomosha qilindi. Olimlarning muvaffaqiyatlari keng nishonlandi.