Sahnada chinakam mo‘jiza bo‘lishi uchun iste’dodning o‘zi kam — unga ishtiyoq, mehnat va jamoaviy ruh qo‘shilishi kerak. Ana shunday uyg‘unlikni Nordik talabalar teatr jamoasi yana bir bor amalda ko‘rsatdilar.
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi 2-hududiy bosqichida jamoamiz sahnadagi chiqishlarida qahramonlari obrazida yashadilar, his qildilar, tomoshabinni ham o‘sha tuyg‘uga olib kira oldilar.
Har bir obraz jonlandi. Har bir dialog qalbdan chiqdi. Har bir ijroda haqiqiy sahna nafasi sezildi.
Natija esa hududdagi jamoalar o‘rtasida 2-darajali diplom!
Nordik yoshlari faqat darsda emas, teatr san’atida, sahnada ham yetakchiliklarini yana bir bor isbotladilar. Bu g‘alaba — iste’dod, mehnat va bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish samarasidir.
🎉 G‘oliblarimizni chin dildan tabriklaymiz!
Bundan-da balandroq marralar, yanada yorqin pardalar kutib qolamiz!






