Nordik davlatlaridagi o‘zbek tili istiqboli: onlayn maktab rivoji uchun yangi rejalar

Nordik davlatlaridagi o‘zbek tili istiqboli: onlayn maktab rivoji uchun yangi rejalar

March 29 , 2025

|

1900

Nordik universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi elchixonasi huzuridagi Milliy madaniy markaz rahbari, Salem munitsipaliteti bolalar va ta’lim bo‘limi maslahatchisi Zilola Yo‘lchiyeva, Finlandiyaning Jyväskylä pedagogika universiteti professori Maria Luxi hamda doktor Ilhom Halimzoda ishtirok etdilar.

Muloqot chog‘ida Nordik mamlakatlarida vatandoshlarimiz va ularning farzandlarini o‘zbek tilida o‘qitish loyihasining dastlabki bosqich natijalari muhokama qilindi. 


Shuningdek, onlayn maktabni yanada rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Ushbu tashabbus o‘zbek tilining xorijdagi rivoji va yangi avlodga yetkazilishida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.