Nordik boshqaruv kadrlari uchun AI bo‘yicha samarali trening

Nordik boshqaruv kadrlari uchun AI bo‘yicha samarali trening

November 05 , 2025

|

1338

Xalqaro Nordik universitetida boshqaruv xodimlari uchun “Ta’limni sun’iy intellekt yordamida o‘zgartirish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Treningni xalqaro darajadagi ekspert Odilbek Kattayev olib bordi.


Treningda ta’lim boshqaruvida AI’dan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. AI yordamida rejalashtirish va kontent yaratish, baholash va o‘quv materiallarini takomillashtirish, boshqaruv samaradorligi va kasbiy rivojlanishni oshirish, vizual va media materiallar tayyorlash bo‘yicha sunʼiy intellektni integratsiya qilish afzalliklari ko‘rib chiqildi. 


Trening davomida ishtirokchilar boshqaruv jarayonida AI’dan samarali foydalanish, raqamli qarorlar qabul qilish va innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.