Nordik talabalari AQSh universitetida yetakchi!

Nordik talabalari AQSh universitetida yetakchi!

March 28 , 2025

|

114

AQShdagi Lourens texnologiya universitetida taʼlim olayotgan talabalarimiz bilimga chanqoqligi va faolliklari bilan ajralib turibdi. Ular ilmiy yutuqlari bilan professor-o‘qituvchilarning eʼtiborini qozonishmoqda.

Xususan, talabamiz Muzammilxon Muradullayev kichik guruh loyiha menejeri sifatida eng yaxshi taqdimoti uchun professor Victor Allen tomonidan taqdirlandi. Eʼtirof sifatida professor unga yetakchilar uchun loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘zining yangi qo‘llanmasini sovg‘a qildi va dastxatida shunday tilak bildirdi: 


"Muzammilxon, o‘qishlaringiz va hayotingizga omad tilayman! Kitobdan zavqlaning!"


Talabamizning bu yutug‘i mehnat, bilim va intilish natijasidir!


Chop etish

So'nggi yangiliklar

Graduated: endi ular magistr!

Graduated: endi ular magistr!

Shu kunda universitet ilk bor o‘zining qaldirg‘och magistr-bitiruvchilarini katta hayot sari tantanali kuzatdi. 


Bitiruv oqshomida bitiruvchilar va ularning oila aʼzolari, yaqinlari hamda ustozlar faxr va quvonch bilan ishtirok etdilar.  


Anjuman O‘zbekiston davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Osmonga uchirilgan oq kabutarlar tinchlik, poklik va kelajakka bo‘lgan umid ramzi sifatida yig‘ilganlar qalbiga iliqlik olib kirdi. 


Yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga tayyor, zamonaviy tafakkurga ega magistrlar oldida universitet rektori, professor Sherzod Mustafakulov ezgu tilaklar bilan chiqish qilib, ularga kelgusidagi ilmiy, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. 


Tantanali marosimga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar ilm-fan, taʼlim sohasining yetuk vakillari - bugungi bitiruvchilarning ertangi yetakchilar, tadqiqotchilar va jamiyat bunyodkori bo‘lishlariga chuqur ishonch bildirdilar. 


Shundan so‘ng yuzlarida iftixor, ko‘zlarida quvonch aks etgan bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali topshirildi. Faol bitiruvchi-talabalar universitet jamoasi va ustozlarga dil so‘zlarini izhor etdilar.  


Bitiruv kechasida taqdim etilgan videoroliklar orqali Nordik hayoti - o‘qish davomida kechgan yorqin onlar qayta yodga olindi. "Nordik taronasi" ansamblining mahoratli ustoz sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Universitet Madhiyasi talabalar jo‘rligida ijro etilar ekan, har bir ishtirokchi bu jamoaning bir bo‘lagi ekanidan faxr hissini tuydi. Magistrlar va Nordik uchun bu tarixiy quvonchli lahzalar esdalik suratlariga muhrlandi.  


"Bitiruvchi-2025" nafaqat magistrlar bayrami, balki Nordik universitetining kamol sari dadil odimlayotgan yo‘lida yangi sahifa bo‘ldi. Diplom topshirish marosimi ilm, mehnat va orzular uyg‘unlashgan bayram sifatida tantanali nishonlandi.

AQShda o‘qish: Nordikning kuchli uchligidan master-klass

AQShda o‘qish: Nordikning kuchli uchligidan master-klass

Ular top darajada o‘qib, o‘z sohalarida nafaqat xalqaro sertifikatga, balki akademik yutuqlari, intellektual qiziquvchanliklari va bilimini oshirishga kuchli intilishlari bilan professorlar e’tirofiga ham sazovor bo‘lishdi.


Endilikda ular AQShda olgan bilim va tajribalarini Nordik talabalari bilan bo‘lishmoqdalar. Lawrencedagi kampus hayoti, taʼlim olish va amerikacha yashash tarzi borasida tajriba va xulosalarini yetkazmoqdalar.

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

Uchrashuv davomida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, maktab o‘quvchilari uchun bakalavriat bosqichida xalqaro taʼlim dasturlariga yo‘l ochish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Yuqori sifatli taʼlimni taʼminlash va taʼlim innovatsiyalarini keng qo‘llash, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va akademik salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik Memorandumi imzolandi.


Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Tasdiqlangan adabiyotlar: 


📘 "Mikroekonomika" darsligi (Sh.Mustafakulov, X.Sabirov, R.Mardanova) 


📔 "Amaliy matematika" o‘quv qo‘llanmasi (A.Boltayev, X.Xudoyberdiyev, B.Atamuradova) 


📗 "Макроэкономический анализ" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, E.Umarov) 


📕 "Makroiqtisodiy tahlil" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, K.Ibragimova, Sh.Rajabov) 


📙 "Makroiqtisodiy siyosat" darsligi (R.Mardanova, I.Qodirov, Z.Uralbayev) 


🎼 "Orkestr sinfi" o‘quv qo‘llanmasi (I.Ro‘zimurodov)


📓 "English for management" darsligi (D.Nasriddinov)


📙 "Maktabgacha taʼlim asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (D. Maxmudova).


Ilmiy salohiyat, amaliy tajriba va metodik yangiliklar uyg‘unligida yaratilayotgan har bir nashr talabalar uchun sifatli taʼlimga yo‘naltirilmoqda.


Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish