Nordik talabalari — xalqaro tech maydonda

Nordik talabalari — xalqaro tech maydonda

April 01 , 2026

|

1937

CAU Tech Hackathon 2026 — mintaqadagi eng yirik texnologik platformalardan biri sifatida yoshlarning innovatsion salohiyatini namoyon etdi. Ushbu nufuzli maydonda Nordik universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar.

17 mamlakatdan 1200 dan ziyod ishtirokchi jamlangan hackathonda uch yo‘nalishda qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi: 


AI & Healthcare — tibbiyotdagi muammolar uchun sunʼiy intellekt asosidagi yechimlar


Cybersecurity (CTF) — kiberxavf muhitida sinovlar


Robototexnika va muhandislik — texnik topshiriqlar ustida ishlash. 


Bu anjuman talabalar uchun xalqaro networking, jamoaviy brainstorming va o‘zlarini sinab ko‘rish imkonini berdi. 


Talabalarimiz yangi bilimlar oldilar, xalqaro tajriba orttirdilar va o‘z imkoniyatlarini kengaytirdilar.