Xalqaro Nordik universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining №045731 raqamli Tasdiqnomasi asosida noshirlik faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur Tasdiqnoma ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan va eng yangi ilmiy yutuqlar, tadqiqotlarning borishi hamda natijalari haqida mutaxassislarga ma'lumot berishga mo‘ljallangan yozma va bosma asarlarni chop etishga ruxsat beradi. Ushbu asarlar qatoriga ilmiy fundamental tadqiqotlar, ilmiy asarlar, monografiyalar, dissertatsiyalar va referatlar kiradi.




