XNU dekani - "UYLS-2024"da O‘zbekiston yoshlari vakili

XNU dekani - "UYLS-2024"da O‘zbekiston yoshlari vakili

February 26 , 2024

|

1743

XNU dekani Elshod Umarov UYLS-2024 sammitida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi.

🎓 Xalqaro Nordik universitetining Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekani Elshod Umarov Tailandda o‘tkaziladigan Butunjahon Yoshlar Harakati Sammitiga (UYLS-2024) delegat sifatida tanlandi.

🌍 Sammit butun dunyodan yosh liderlarni birlashtiradi.

📌 Bu harakat ta’limga innovatsion yondashuv orqali kelajak yetakchilarini tayyorlashga xizmat qiladi.

📍 Bangkok delegatlari 2024-yilda quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etadilar:

Barqaror rivojlanish maqsadlariga oid seminarlar,

Dunyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish,

Diplomatik ko‘nikmalarni rivojlantirish.

🏆 O‘zbekiston yoshlarini global miqyosda munosib ifodalashga qo‘shayotgan hissasi uchun Elshod Umarovni tabriklaymiz!

📢 #Universal_Youth_Leadership_Summit

📢 #Tailand_2024