Ilmga yangi sahifalar: Nordik ustozlarining yangi adabiyotlari nashr etildi

Ilmga yangi sahifalar: Nordik ustozlarining yangi adabiyotlari nashr etildi

September 16 , 2026

|

28

Universitetda ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarga zamonaviy bilimlarni yetkazishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Ustozlarimiz tomonidan tayyorlangan navbatdagi yangi o‘quv adabiyotlari iqtisodiyot, menejment, raqamli texnologiyalar, maktabgacha ta’lim hamda kasbiy ingliz tili yo‘nalishlarida muhim qo‘llanmalardir.

Nashr etilgan kitoblar:

📘 “Essentials of Economics, Business and Tourism in English”
Muallif: B.Djamalutinova

Iqtisodiyot, biznes va turizm yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan mazkur ingliz tili qo‘llanmasi kasbiy lug‘at, biznes dialoglari va interaktiv mashqlar orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

📗 “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish”
Muallif: D.Sharafutdinova

Qo‘llanmada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritishning huquqiy-me’yoriy va amaliy jihatlari yoritilgan. Kitob bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan.

📙 “Menejment asoslari”
Mualliflar: Sh.Suleymanova, M.Maksudov, R.Ashiraliyev

Menejmentning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan ushbu o‘quv qo‘llanma boshqaruv funksiyalari, resurslardan samarali foydalanish, jamoani shakllantirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalariga bag‘ishlangan.

📕 “Kompaniya ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uslubiyotini takomillashtirish”
Muallif: M.Abdullayev

Monografiyada neft-gaz qazib chiqarish kompaniyalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari ilmiy-nazariy hamda uslubiy jihatdan tadqiq etilgan.

📔 “English for Finance and Economics”
(A Task-based Approach for B1 Learners)
Muallif: N.Djurayeva

Moliya va iqtisodiyot yo‘nalishlari talabalari uchun yaratilgan ushbu adabiyot B1 darajadagi ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Unda kasbiy lug‘at, audio topshiriqlar, dialoglar va vazifaga asoslangan mashqlar jamlangan.

📒 “Xalqaro menejment”
Muallif: Sh.Suleymanova

O‘quv qo‘llanmada xalqaro menejment fanining mazmuni, boshqaruv usullari, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiyotni tartibga solish masalalari yoritilgan. Kitob talabalarning nazariy bilimlarini amaliy boshqaruv ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

📒 "Enhancing Linguistic Competence in Higher Education Through the TBLT Methodological Approach"
Muallifi: N.Djurayeva

Universitetda til o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy adabiyotlar ham tayyorlanmoqda.

Task-Based Language Teaching (TBLT) yondashuviga asoslangan mazkur kitobda til ko‘nikmalarini mazmunli topshiriqlar orqali rivojlantirish, kasbga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, baholash strategiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash masalalari yoritilgan.

Foto galereya

6
photo-2026-09-16-13-34-46
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-16-13-34-47
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-16-13-34-49
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-16-13-34-52
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-16-13-34-54
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-16-13-34-50-2
Ko‘rib chiqish