Bugun har bir mamlakatning ertangi kuni bevosita ta'lim, ilm bilan bog‘liq. Butun dunyoda mamlakatlarning tabiiy boyliklariga qarab emas, ta'lim va tafakkur olamiga qarab baho berilmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston ta'lim tizimi dunyodagi eng ilg‘or tajribalar, xususan Finlyandiya modelini o‘rganish va joriy etish yo‘lidan borayotgani bugunning eng muhim qadamlaridandir. "Xalq so‘zi" gazetasining bugungi sonida O‘zbekiston va Finlyandiya oliy ta'lim tizimlari bo‘yicha eng tajribali professor-olimlarning tahliliy maqolalari nashr etildi. Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti Prezidenti Petri Rayvo va Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulovning maqolalarida ikki davlat hamkorligining ta'lim tizimida aksini topayotgan samarasi atroflicha yoritilgan.
Yangiliklar
"Biz va jahon"

October 27 , 2022
1592
Finlyandiya - O‘zbekiston: ta'limdagi aniq pozitsiya va ezgu maqsadlar



