Mobil ta'lim

Mobil ta'lim

September 14 , 2022

|

75

Mobil ta'limning muvaffaqiyatli yechimlari o‘rganilmoqda

Xalqaro Nordik universitetida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladigan fanlarning elektron darslarini yaratish, Articulate Rise platformasining imkoniyatlaridan maksimal foydalanish bo‘yicha seminar-trening start oldi. 


Oliy ta’lim bo‘yicha xalqaro maslahatchi, masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro darajadagi ekspert Оdilbek Kattayev universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlariga elektron ta’limga yo‘naltirilgan Articulate Rise imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazmoqda. Platformaning xususiyatlari, dasturda mavjud namunalar asosida slayderlar, galereyalar, test topshiriqlari va onlayn kurslar uchun zarur manbalarni vaqtni tejagan holda va bexato yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazmoqda.


Guruh va individual tarzda o‘tayotgan treningda ishtirokchilar mobil ta'limning muvaffaqiyatli yechimlari va ularni talabalarga yetkazish bo‘yicha zamonaviy bilim hamda malakaga ega bo‘lishadi.

Chop etish

So'ngi yangiliklar

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish takliflari bildirildi.


Yevropa Ittifoqining ta'lim, o‘qitish sohalarida loyihalar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash Erasmus+ dasturi va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalarda hamkorlikka kelishildi. 


Maʼlumot uchun, 1883-yilda tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatning eng qadimgi va ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 80 000 nafardan ziyod talabalari mavjud bo‘lib, 5 000 nafardan ortig‘ini xorijiy talabalar tashkil etadi.


Garvard universiteti talabalari ilk bor O‘zbekistonda!

Garvard universiteti talabalari ilk bor O‘zbekistonda!

Dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lgan Garvardning 46 nafar magistrant, doktorant va tadqiqotchilari yurtimizga tashrif buyurmoqda.


Ushbu tarixiy tashrif doirasida:


21-martda - Nordik universiteti rahbariyati, jamoasi bilan Garvard tadqiqotchilari o'rtasida uchrashuv 


✅ Ilmiy hamkorlik, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun malaka oshirish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar


✅ Nordikning Navro‘z bayrami tadbirlarida ishtirok etish


✅ Buxoro, Samarqand, Toshkent shahri va viloyatining diqqatga molik manzillariga sayohatlar kutilmoqda. 


Bu tashrif Nordik va Garvard universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy almashinuvni rivojlantirish va iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi!


🔎 Tashrif tafsilotlari va yangiliklarni kuzatib boring!

Go‘zallik bayrami: Nordik malikalarida isteʼdod va ijodkorlik mahorati ustuvor

Go‘zallik bayrami: Nordik malikalarida isteʼdod va ijodkorlik mahorati ustuvor

Ishtirokchilar o‘z qobiliyatlari, qalb go‘zalligi, intellekti, ijodkorlik va ijtimoiy faollik sifatlarini namoyish etgan holda bellashdilar. 


Farzona Saidanvarxo‘jayeva, Gulsora Abduqunduzova, Komila Abdalova, Xurshida Yusupova, Diyora Qo‘chqorova va Sumaya Yuldasheva tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final bosqichida barchani hayratga soldilar. 


Tanishtiruv, kitobxonlik, intellektual qobiliyat namoyishi va erkin mavzu shartlari talaba-qizlarimizning bor mahoratlarini ochib berishga xizmat qildi. 


Ushbu yorqin bahslarda har jihatdan yetakchilikni qo‘lga kiritgan Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi talabasi Xurshida Yusupova ustozlari, kursdosh-do‘stlari ishonchini oqlab, "Miss Nordik" nomiga sazovor bo‘ldi!


Muhimi, tanlov davomida ishtirokchilarning do‘stlari va jamoalari ularni faol qo‘llab-quvvatlab, muvaffaqiyat sari rag‘batlantirib turdilar. Bu esa universitetdagi jamoaviy ruh, do‘stlik va birdamlik muhitining yana bir yorqin namoyishi bo‘ldi. 

Nordikda bayramona dastur: "Ayolga baxt bering, saodat bering!"

Nordikda bayramona dastur: "Ayolga baxt bering, saodat bering!"

Universitet rektori Sherzod Mustafakulov jamoadagi xotin-qizlarni bahor fasli, go‘zallik va nafosat ayyomi bilan tabriklab, samimiy tilaklar bildirdi. Ayollarning yaratuvchilik, ilhombaxsh xislatlari, fazilatlarini eʼtirof etib o‘tdi. 


Bayramda hamkasblarni ovozidan tanish, dublyaj va musiqa, rassomlik, tez aytish, tezkor savol-javob kabi bir-biridan qiziqarli hamda kutilmagan shartlar Nordik xotin-qizlariga chin bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Barcha shartlar qiziqish va tabassum bilan uddalandi. 


Jamoa yigitlari ijrosidagi "Aziz va muqaddas ayol" qo‘shig‘i olqishlar bilan kutib olindi. Nordik rahbar ayollari haqida tayyorlangan chiqishlar unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Boshlovchilar mahorati davrada bayram ruhiyatini yuksaltirib turdi. 


Bugun bayram sovg‘alari, musiqiy tuhfalar, eng samimiy ehtirom Nordik xotin-qizlariga bag‘ishlandi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish