Xalqaro o‘quv kursi: zamonaviy bilim va tajribalar o‘rganilmoqda

Xalqaro o‘quv kursi: zamonaviy bilim va tajribalar o‘rganilmoqda

January 25 , 2023

|

1378

XNUda Qozog‘iston maktab direktorlari va pedagoglari uchun xalqaro o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.

📌 Universitetimizda Qozog‘iston Respublikasi maktab direktorlari va pedagog-o‘qituvchilar uchun xalqaro o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.

O‘quv kursi ochilish marosimida Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov va Abdulla Avloniy nomidagi Milliy Tadqiqot Instituti rektori Ayubxon Radjiyev xalqaro tajribalarni o‘rganish ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.

📌 Kurs davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqilmoqda:

Maktablarda raqamli blokni baholash yondashuvlari

Raqamli infratuzilma va elektron ta’lim vositalari

Raqamli o‘qitish usullarini ishlab chiqish va ta’limda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash

📆 Xalqaro o‘quv kursi 29-yanvarga qadar davom etadi.