Xalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda

Xalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda

July 21 , 2026

|

1424

Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida AQSHning Rowan Universityda tashkil etilgan "Taʼlimda sunʼiy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot" xalqaro malaka oshirish dasturi yuqori surʼatda va amaliy ruhda davom etmoqda.

Dastur ishtirokchilari sunʼiy intellektning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan birga, ilg‘or AI platformalarini taʼlim jarayonlari va universitet boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqdalar.

Shuningdek, tinglovchilar Rowan Universityning ilg‘or tajribasi, yuqori unumdor hisoblash markazi (High-Performance Computing Center), AI asosidagi ta'lim yechimlari, VR va XR texnologiyalarining qo‘llanilishi hamda AQSHning innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Dastur davomida har bir modul nazariya bilan cheklanmay, amaliy loyihalar, keys tahlillari, ekspertlar bilan uchrashuvlar va strategik muhokamalar orqali qizg‘in va samarali kechmoqda.

photo-2026-07-21-13-51-48
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-21-13-51-49-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-21-13-51-49-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-21-13-51-49
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-21-13-51-50
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-21-13-51-51
Ko‘rib chiqish