Master class: Nordikda TOEFL/GRE bo‘yicha eksklyuziv uchrashuv!

Master class: Nordikda TOEFL/GRE bo‘yicha eksklyuziv uchrashuv!

December 04 , 2025

|

889

TOPSCORE TEST CENTER direktori, TOEFL iBT/GRE rasmiy imtihon markazi rahbari va ETS Global hamkori Dilmurod Sharifov ishtirokida yuqori saviyada master class o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalar TOEFL imtihonining amaldagi talablari, baholash mezonlari, writing & speaking bo‘yicha eng samarali texnikalar, qisqa muddatda natijani oshirish strategiyalari haqida professional va aniq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 


Bu bilimlar ularning global ta’lim sari tashlaydigan har bir qadami uchun yo‘l xaritasi vazifasini o‘taydi. 


🔥 Eng qizg‘in qism — viktorina bo‘ldi! Tadbir yakunidagi bilimlar viktorinasi talabalar faolligi va qiziqishini yanada oshirdi. G‘oliblar TOPSCORE Test Center tomonidan maxsus vaucherlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 


Mazkur uchrashuv talabalarga xalqaro imtihonlarning ichki jarayonlarini chuqur anglash, o‘z kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilish, maqsadlarini aniqlashtirish va eng muhim, global ta’limga bir qadam yaqinlashish imkonini berdi.

photo-2025-12-04-19-32-59
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-04-19-35-21
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-04-20-02-16-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-04-20-02-16-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-04-20-02-16
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-04-20-02-17-3
Ko‘rib chiqish