Yangiliklar
Malaka oshirish kursi doirasida seminar-trening o‘tkazilmoqda

April 23 , 2023
30
XNUda pedagogik ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
📌 Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida Xalqaro Nordik Universitetida malaka oshirish kursi tashkil etildi.
🔹 Kurs davlatimiz rahbarining qator qarorlari asosida tashkil qilinib, O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi ta’lim hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔹 Bugun XNUda kurs doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
🔹 Universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Odil Qo‘ysinov ishtirokchilarga kursning maqsad va vazifalarini tushuntirdi.
🔹 Finlandiyalik ekspert Petri Lounaskorpi esa Finlyandiya ta’lim tizimi va o‘qitish metodikasi bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
📢 Malaka oshirish kursi oliy ta’lim tizimida zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan!
So'nggi yangiliklar

Nordikdan AQShgacha — bilim, bayram va birdamlik!
Amerikada zo‘r yangilik: O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Nordik universiteti hamkorligida Navro‘z Lourens universitetida katta bayramga aylandi! O‘zbekistonlik talabalarimiz o‘zbekona urf-odatlarni faxr bilan namoyish etishdi, turli millat vakillarini bir sahnada birlashtirishdi.
"Xalq so‘zi" gazetasi universitet rektori Sherzod Mustafakulov muallifligidagi "Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim va mas'uliyatli qadamlar" maqolasi orqali bu voqeani o‘z sahifalariga olib chiqdi .
Bugungi son — albatta o‘qishga arziydi!

Zakovat maydonida – magistrantlar
G‘oliblar bilan faxrlanamiz!
🥇 "Marvel" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥈 "Justice League" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥉 "Maestro" jamoasi (Musiqa ta’limi va san’at).
O‘yinning har bir daqiqasi sinov, har bir to‘g‘ri javob g‘alaba sari qadam bo‘ldi. Qizg‘in o‘yin, topqirlik, tezkorlik va hamjihatlik uchun barcha ishtirokchi jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz!

Toshkent – parlament diplomatiyasining markazi!
"Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati" — sessiyaning bosh mavzusi bo‘lib, parlamentlararo hamkorlik va adolatli jamiyat qurilishi yo‘lida muhim fikr almashuvlarga sabab bo‘ldi. Sessiya yakunida esa "Toshkent deklaratsiyasi" qabul qilindi!
Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Oybek Qulmamatov sessiyada Zambiya delegatsiyasiga tarjimon sifatida biriktirilib, xalqaro darajadagi muloqotda faol ishtirok etdi.
9-aprel kuni Zambiya delegatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xushvaqt Haitov bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazib, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Parlamentlararo ittifoqning assambleyasi O‘zbekistonning dunyo parlamentarizmidagi yetakchiligini namoyon etdi. Ustozlarimiz tomonidan talabalarga bu muhim tarixiy jarayonlar mohiyati yetkazilmoqda.

Germaniya akademik almashinuv xizmati vakillaridan eksklyuziv seminar
Chet tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkillangan seminarda turli oliygohlar talabalari ishtirok etdilar. Ularga Germaniyada bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish imkoniyatlari, grantlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha real tavsiyalar berildi.
Shuningdek, nemis va ingliz tillaridagi bilimlarni baholovchi OnSET imtihoni tashkil etildi, aʼlo va yaxshi natijalar olindi.