Loyiha ishi taqdimotlari: dars qiziqarli va samarali o‘tdi

Loyiha ishi taqdimotlari: dars qiziqarli va samarali o‘tdi

April 02 , 2025

|

1594

Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabalari Logopediya fanida loyiha ishi kesimida taqdimotlar o‘tkazdilar.

Talabalar har bir mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy yondashuv orqali logopediya fanining korreksion, ta’limiy va didaktik jihatlarini yoritib berdilar. Ularning chiqishlari baholandi, yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.


- Loyiha ishi taqdimotlari talabalarda tanqidiy, tahliliy fikrlash, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘l keladi. Ushbu darsimiz barcha talabalarni taʼlim jarayoniga kengroq jalb etib, ilm olishga motivatsiya hosil qildi - deydi fan o‘qituvchisi Zulfizar Bahadirova. - Ularni ijodkorlik, yangi g‘oyalarni sinab ko‘rish orqali nazariy bilimlarini amalda qo‘llashga chorladi. 

photo-2025-04-01-20-16-00-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-01-20-16-01-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-01-20-16-02
Ko‘rib chiqish