Eng yaxshi taqdimot musobaqasi: talabalar global muammolarga yechim izladilar

Eng yaxshi taqdimot musobaqasi: talabalar global muammolarga yechim izladilar

March 07 , 2025

|

1932

Chet tillar kafedrasi tomonidan talabalar o‘rtasida “Dunyodagi global muammolar: turlari, sabablari va ularga yechimlar” mavzusida eng yaxshi taqdimotlar musobaqa o‘tkazildi.

Tanlov ingliz tilida tashkil etilib, ishtirokchilarning jahon muammolariga daxldorlik hissi bilan yechim izlash va taqdimot tayyorlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. 


Tanlov g‘oliblari: 


🥇 1-o‘rin – Elmi Aydin

🥈 2-o‘rin – Lochinbek Abdullayev

🥉 3-o‘rin – Dilnoza Sotiboldiyeva

🏅 4-o‘rin – Lola Abdukarimova

🏅 5-o‘rin – Mohinur Zaynuddinova. 


G‘oliblar vaucherli yutuqlar - pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


Tadbir nafaqat bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki talabalar o‘rtasida fikr almashish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga ham xizmat qildi.

Artboard-6-56
Ko‘rib chiqish
Artboard-7-47
Ko‘rib chiqish
Artboard-5-60
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-11-10-41-57-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-11-10-41-57-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-11-10-41-58
Ko‘rib chiqish