Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

May 15 , 2025

|

1611

Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov va Leader Online – EdTech kompaniyasi hamda “Lider” xususiy maktabi direktori Feruza Vahobova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, maktab o‘quvchilari uchun bakalavriat bosqichida xalqaro taʼlim dasturlariga yo‘l ochish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Yuqori sifatli taʼlimni taʼminlash va taʼlim innovatsiyalarini keng qo‘llash, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va akademik salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik Memorandumi imzolandi.


photo-2025-05-15-12-00-44-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-15-12-00-45-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-15-12-00-45
Ko‘rib chiqish