IMRAD talabi bo‘yicha maqolalarni rasmiylashtirish tartibi

January 22 , 2024
7215
IMRAD talabi bo‘yicha maqola rasmiylashtirish tartibi.
🔹 ABSTRAKT (ANNOTATSIYA)
🟠 Muammoning qo‘yilishi;
🟠 Metodologiyani aniqlash;
🟠 Asosiy topilmalar;
🟠 Umumiy xulosa.
🔹 KIRISH
🟠 Tadqiqot ob'yektini belgilab olish (markaziy tushunchalarni mujassamlashtirish, mavzuni umumlashtirish, oldingi tadqiqot ob'yektlarini ko‘rib chiqish);
🟠 Muammoning markazga qo‘yilishi (mavzuga oid qarshi fikrlarni o‘rganish, masaladagi mavjud kamchilik va bo‘shliqlarni ko‘rsatish, an’anaviy xulosalarni tahlil qilish);
🟠 Tadqiqotning borish jarayoni (maqsadlarni tavsiflash, ayni vaqtdagi tadqiqot ishlarini e’lon qilish, asosiy ilmiy yangilik va topilmalarni hamda jarayonni tavsiflovchi natijalarni ta’kidlash);
🟠 ADABIYOTLAR SHARXI
🔹 METODOLOGIYA
🟠 Ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni va ma’lumotlarni tahlil qilish metodikasi.
🔹 TADQIQOT NATIJASI
🟠 Olingan natijalarni izohlash va uning ilmiy ahamiyatini ochib berish.
🔹 DISKUSSIYA (OLIMLARNING O‘ZARO BAHS-MUNOZARALARI)
🟠 Kirish (ilmiy topilmalarni muhokama qilish va ularning ishonchliligini isbotlash);
🟠 Baholash (tahlil qilish, tushunchalarning ma’noviy tasnifi, adabiyotlarga havola, qo‘yilgan gipotezalar bo‘yicha xulosalar);
🟠 Xulosa (tadqiqotning cheklanganligi (qamrov doirasi), o‘rganilmagan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar).
🔹 XULOSA
🟠 Xulosa aniq va qisqa, muammoning yechimiga qaratilgan va aniq takliflarga ega bo‘lishi lozim.
🔹 TASHAKKURNOMA
🟠 Tadqiqot davomida muallifga yordam bergan olimlar, hammualliflar, tadqiqot o‘tkazilgan tashkilot va h.k larga muallifning tashakkurnomasi.
🔹 ADABIYOTLAR RO‘YXATI
🟠 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Mendeley, EndNote va shu kabi dasturiy ta'minotlarda yuritish tavsiya etiladi.
🌐 @journal_NIU
❔ @Oybek_RA
☎️ +998 90 215 56 44
📩 nordicejournal@gmail.com
So'nggi yangiliklar

Ta’lim siyosatida yangi paradigma: sun’iy intellekt va til kompetensiyalari
Ushbu anjumanda zamonaviy ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlari — raqamlashtirish, innovatsion pedagogika va sun’iy intellekt integratsiyasi chuqur ilmiy muhokama qilindi.
Bugungi globallashuv sharoitida xorijiy tillarni mukammal egallash nafaqat kommunikativ ehtiyoj, balki iqtisodiy va ilmiy raqobatbardoshlikning muhim omiliga aylanmoqda. Konferensiyada ta’kidlanganidek, aynan sun’iy intellekt texnologiyalari orqali ushbu jarayonda tub burilish yasalib, ta’lim tizimi yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
Anjumanda ta’lim siyosati nuqtayi nazaridan asosiy yo‘nalishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi:
— raqamli transformatsiya va adaptiv o‘quv platformalari orqali individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish;
— avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari yordamida lingvistik modellar asosida tarjima sifatini oshirish;
— intellektual lingvistika orqali matnlarni semantik tahlil qilish va interpretatsiya jarayonlarini avtomatlashtirish.
Mazkur yo‘nalishlar ta’lim tizimida an’anaviy “bilimni uzatish” modelidan “bilimni boshqarish va ishlab chiqarish” modeliga o‘tish jarayonini yaqqol ifodalaydi.
Konferensiya doirasida sun’iy intellekt asosidagi innovatsion pedagogik yondashuvlar, AI texnologiyalarini ta’limga joriy etishning konseptual asoslari, badiiy matnlarni raqamli metodlar orqali tahlil qilish hamda tarjimashunoslikda AI’ning lingvistik va funksional imkoniyatlari keng yoritildi. Bu yo‘nalishlar amaliy jihatdan ta’lim sifatini oshirish, o‘qitish metodikasini modernizatsiya qilish va tarjima jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.
Anjuman xalqaro miqyosda o‘tkazilib, unda xorijiy davlatlar va respublikamiz oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar. Ilmiy muloqotlar davomida ilg‘or g‘oyalar almashildi, akademik hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi.
Tadbir ishtirokchisi - AQSh Davlat departamenti ingliz tili bo‘yicha mutaxassisi, O‘zDJTU professori Giuseppe Chiaramonte o‘z taassurotlarini bildirib, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga to‘g‘ri tatbiq etish, undan oqilona foydalanish va talabalarni to‘g‘ri yo‘naltirish bugungi kun o‘qituvchisining eng muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. U Markaziy Osiyo davlatlari tajribasini qiyoslab, O‘zbekistonda innovatsiyalarga ochiqlik, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga joriy etish borasidagi ijobiy muhitni alohida e’tirof etdi. Uning “Inson agentligi, mashina ravonligi: til o‘qitish va tarjima uchun yangi savodxonlik” mavzusidagi kreativ ma'ruzasi katta qiziqish bilan tinglandi.

Buyuk merosga nazar: talabalar esse tanlovida
Uning bebaho merosi — "Temur tuzuklari" esa asrlar osha davlat boshqaruvi va insoniy qadriyatlar maktabi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ana shu buyuk merosni chuqur anglash, uni zamonaviy nigoh bilan talqin qilish maqsadida Nordikning kitobxon talabalari o‘rtasida esse tanlovi tashkil etildi.
Yoshlarimiz “Temur tuzuklari – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida qalam tebratar ekanlar, ular tarixga murojaat qilish barobarida bugunning muhim savollariga ham javob izladilar.
Bu tanlov yoshlar tafakkuri, tahliliy qarashi va o‘zlikni anglash yo‘lidagi o‘ziga xos yo‘l bo‘ldi.

Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik: Markaziy Osiyo yoshlari muzokara stolida
27-apreldan start olgan ushbu nufuzli tadbir Markaziy Osiyoning to‘rt mamlakati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan saralangan 25 nafar faol yoshlarni bir maydonga jamladi.
Mazkur loyiha doirasida ishtirokchilar diplomatik simulyatsiya orqali, ya’ni xalqaro muzokaralarga yaqinlashtirilgan interaktiv jarayonda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular diplomat rolida chiqish qilib, global xavfsizlik masalalarida pozitsiya bildirishmoqda, rezolyutsiyalar ishlab chiqib, murosaga kelish yo‘llarini izlashmoqda. Bu jarayon yoshlarning nafaqat nazariy bilimini, balki tanqidiy fikrlash, muzokara olib borish, muloqot va qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilyapti.
Ayniqsa, BMTning “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibi doirasidagi muhokamalar tadbirning dolzarbligini yanada oshirmoqda. Bu esa O‘zbekistonning yoshlar diplomatiyasi bo‘yicha faol pozitsiyasini yana bir bor namoyon etyapti.
Tadbir 5 kun davomida bosqichma-bosqich, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda olib borilmoqda.
“Model OSCE dasturida yoshlar uchun diplomatiya va muzokaralar bo‘yicha amaliy tajribalar beriladi, shu bilan birga xalqaro tashkilotlar faoliyatini chuqurroq anglashga yordam beriladi. Markaziy Osiyo bo‘ylab ishtirokchilarni birlashtirish orqali bu tashabbus mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi va umumiy xavfsizlik muammolarini hal etishda yoshlarning faolligini qo‘llab-quvvatlaydi,” — dedi O‘zbekistondagi OSCE loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen. "Besh kun davomida ishtirokchilar OSCE faoliyati bilan tanishadi, dolzarb xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi, qaror qabul qilishda yoshlarning rolini o‘rganadi hamda “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining 2250-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish masalalarini tahlil qiladi."
Tadbirda amaliy o‘rganishga alohida urg‘u berilib, interaktiv mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar asosiy mavzular bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralar olib bormoqda. Gender tengligi, inklyuziv ishtirok va yoshlarning tinchlik hamda xavfsizlikdagi roliga alohida e’tibor qaratilyapti.

10 000+ muhandis: "Kelajak muhandislari" festivali qizg‘in
Festival doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlikda 12 ta xalqaro, 27 ta respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
10 000 dan ortiq yosh muhandislar ishtirok etayotgan ushbu nufuzli tadbirda Xalqaro Nordik universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya ham faol qatnashyapti.
“Bo‘lajak olim” tanlovi g‘oliblari o‘z loyihalari bilan ko‘rgazmada ishtirok etishyapti, professor-o‘qituvchilarimiz hakam va mentor sifatida yoshlarga yo‘l ko‘rsatishyapti.