Ilm, mantiq va mahorat sinovi: Nordikda “Hokim sovrini” final bellashuvlari!

Ilm, mantiq va mahorat sinovi: Nordikda “Hokim sovrini” final bellashuvlari!

December 14 , 2025

|

1056

Nordik universitetida Toshkent shahar hokimiyati bilan o‘tkazilayotgan umumta’lim maktablari, akademik litsey va texnikumlarda faoliyat yuritayotgan fizika hamda matematika fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Hokim sovrini” fan olimpiadasining final bosqichi qizg‘in kechmoqda.

Mazkur ilmiy bellashuv Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shafeligida, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Xalqaro Nordik universiteti hamda IDC ta’lim markazi hamkorligida tashkil etildi.


📌 Olimpiadada poytaxt ta’lim tizimidagi eng faol, bilimdon va ilg‘or pedagoglarni aniqlash, ularning ilmiy-intellektual salohiyatini keng jamoatchilikka namoyish etish maqsad qilingan.


1-bosqich onlayn tarzda o‘tkazilib, Toshkent shahridagi barcha fizika va matematika o‘qituvchilari qamrab olindi. Ular orasidan saralangan 50 nafardan eng kuchli nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oldilar.


Final bosqichida ishtirokchilar aniq, mantiqiy va tahliliy masalalar orqali o‘zlarining kasbiy mahorati, ilmiy yondashuvi va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishadi. 


Baholash jarayoni esa tajribali ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

photo-2025-12-14-11-07-10-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-10-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-10-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-11-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-11-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-11-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-11-5
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-11
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-14-11-07-11-6
Ko‘rib chiqish