Yangiliklar
Hurmatli abituriyentlar! Kelajagingizni biz bilan yarating!

May 10 , 2023
79
Xalqaro Nordik universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga qabulni e’lon qiladi!
☑️ Xalqaro Nordik universitetida Finlandiya ta'lim tizimi asosida xalqaro miqyosda tan olingan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ling.
Imkoniyatlar:
↪️ Ikki mamlakat diplomi – O‘zbekiston va Finlandiya;
↪️ Work and Travel dasturida ishtirok etish;
↪️ O‘qish jarayonida xalqaro amaliy tajriba orttirish imkoniyati.
📶 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabul qilinmoqda ⬇️
🔴 11 ta bakalavriat yo‘nalishi: Ko‘proq ma'lumot
🔴 6 ta magistratura mutaxassisligi: Ko‘proq ma'lumot
❤️🔥 Onlayn hujjat topshirish:
Hujjat topshirish uchun bu yerga bosing
☎️ Qo‘shimcha ma'lumot olish:
📞 +99855 508 44 00
So'nggi yangiliklar

Zukko kitobxon - zukko avlod!
Onlayn uchrashivda "Mening alifbe kitobim" va "Uyatchan fil" kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Muallif - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi va illustratori Dinara Mo‘minova ishtirokchilarni mazkur yangi kitoblar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda muallif bolajonlar bilan monitor orqali onlayn jonli suhbat o‘tkazdi. Qiziqarli Alifbe bilan tanishuv, uyatchanglikni yengish yo‘llari, muallif mutolaasi orqali sirk olamiga sayohat va tasvirlash - rasm chizish mashg‘ulotlari, ayniqsa turli sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashdi.
Uchrashuvda pedagog-talabalar picturebook - rasmli kitob janri bilan tanishdilar. Bolalar bilan kitobxon soatlarini o‘tkazish, mutolaa jarayonini boyitishda kerakli amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, matn va rasm uyg‘unligini taʼminlashda zarur jihatlarni o‘rgandilar.

“Caring the Environment” — ochiq osmon ostida dars!
Interfaol o‘yinlar, brain battle, mini challenges, teamwork va eco-awareness bilan dars qizg‘in kechdi.
O‘qituvchi Durdona Azizova boshchiligidagi bu mashg‘ulot nafaqat bilim, balki motivatsiya ham ulashdi.

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi
Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.

Nordikda dasturchilar bahsi!
🏆 G‘oliblarimiz bilan tanishing:
🥇 1-o‘rin:
Lochinbek Abdullayev – 1-KI-24-guruhi talabasi
Imomjon Nazarov – 1-KI-24-guruhi talabasi.
🥈 2-o‘rin:
Dilmurod Almurotov – 1-KI-23-guruhi talabasi.
🥉 3-o‘rin:
Shahzod Mirzarahmatov – 1MDS-24-guruhi (magistratura) talabasi.
IQ, ijod va innovatsiya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar taqdirlandilar.