Yangiliklar
Hali ham qaysi oliy ta’lim muassasasiga kirishni hal qilmadingizmi?

April 15 , 2023
1095
XNUda o‘qish orqali Yevropada ta’lim va amaliyot olish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
🛫 Qo‘shni davlatlardagi tengdoshlaringiz esa allaqachon Xalqaro Nordik universitetiga hujjat topshirishni boshlashdi!
🏛 Toshkentda tashkil etilgan mazkur xalqaro oliy ta’lim muassasasida o‘qishga kirish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin:
1️⃣ Har yili yozgi ta’tilda Shimoliy Yevropaning nufuzli kompaniyalarida amaliyot o‘tash va daromad topish.
💼 Shuningdek, Yevropa mamlakatlarining tarixiy maskanlariga turistik sayohatlar uyushtirish!
2️⃣ Birinchi kursni tamomlash bilanoq XNUning strategik hamkori – Kareliya amaliy fanlar universitetiga talabalar almashinuvi dasturi orqali o‘qishga borish.
3️⃣ "1+3", "2+2", "3+1" modeli orqali Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetida o‘qish va ikki tomonlama (Double Degree) diplomga ega bo‘lish.
🎓 Shuningdek, chet elda ta’lim olish xarajatlariga 50% chegirma olish!
4️⃣ Toshkentda turib fin tilini mukammal o‘rganish va Finlyandiya kompaniyalarida ish topish imkoniyatiga ega bo‘lish.
5️⃣ Siz kabi bilimli yoshlar bilan jamoaviy START-UP loyihalarida ishtirok etish.
🌍 XNUga tashrif buyuradigan chet ellik talabalar bilan aloqalarni mustahkamlash!
🔥 2023/2024 o‘quv yilini biz bilan boshlash uchun shoshiling!
🔍 Bakalavriat yo‘nalishlari bilan tanishing ➡️ Bakalavr yo‘nalishlari
📥 Onlayn hujjat topshirish imkoniyati mavjud!
So'nggi yangiliklar

Nordik delegatsiyasi Polshada muhim uchrashuvlarda
Delegatsiyamiz Polshaning nufuzli WSEI universitetida Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida xizmat safarida bo‘ldi.
Tashrif davomida WSEI (Iqtisodiyot va innovatsiyalar) universiteti vice-rektori, professor Tomasz Wotowiec bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Muloqotda qo‘shma ta’lim loyihalari, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari hamda talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Nordik vakillari WSEI talabalari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
E’tiborlisi, hamkorlik ikki tomonlama va izchil davom etmoqda. O‘tgan o‘quv yilida WSEI delegatsiyasi Nordik universitetiga tashrif buyurgan bo‘lsa, Nordikning faxrli talabasi Madinabonu Isaqova Erasmus+ KA171 ICM granti asosida WSEI universitetida muvaffaqiyatli tahsil oldi.
Javob tashrifi uchrashuvlarida esa ertangi hamkorlik loyihalarga poydevor qo‘yildi.

London fond birjasidagi yirik "IPO" — Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarning yana bir yorqin tasdig‘i
Muallif London fond birjasida amalga oshirilgan yirik "IPO" (aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish) misolida mamlakatning global kapital bozori sari qat’iy qadam tashlayotganini dalillar, ekspert fikrlari va xalqaro investorlar munosabati orqali ochib bergan.
Maqolaning e’tiborli jihatlaridan biri unda "IPO" O‘zbekistonning ochiqlik, investitsion jozibadorlik va iqtisodiy modernizatsiya yo‘lidagi muhim burilishi sifatida talqin qilingan. Ayniqsa, dunyoning eng yirik investitsiya gigantlari — BlackRock, Franklin Templeton singari kompaniyalar qiziqishi iqtisodiyotimizga bo‘lgan ishonch ramzi sifatida ko‘rsatilgan.
Muallif maqolada IPO mexanizmini oddiy o‘quvchi uchun ham tushunarli tarzda sharhlab, aksiyalar bozori, investorlar ishonchi, xalqaro reyting va kapital oqimi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yoritib bergan. London fond birjasidagi listing O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun “xalqaro ishonch sertifikati” vazifasini o‘tayotgani qayd etib o‘tilgan.
“IPO" nima beradi?”
“Nega London fond birjasi muhim?”
“Jamiyatimizga qanday ta’sir qiladi?”
Maqolada shu kabi savollarga aniq javoblar olish mumkin.
📰 Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari mohiyatini chuqurroq anglash uchun "Xalq so‘zi"ning 25-may kungi soni bilan tanishing.

TasIMO masalalari xalqaro matematik hamjamiyat e’tiborida!
Bu TasIMO masalalarining xalqaro ekspertlar, olimpiyadachilar va professional matematiklar darajasida tan olinganining muhim belgisidir.
📣 Maʼlumot uchun, bugungi kunda AoPS butun dunyo bo‘ylab millionlab iqtidorli yoshlar, sovrindorlar va matematik olimpiada murabbiylari foydalanadigan yetakchi ilmiy-ta’limiy maydon hisoblanadi.
Platforma murakkab fikrlash, nostandart yechim va yuqori darajadagi matematik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi masalalari bilan mashhur.
📌 Aynan ushbu platformaga TasIMO masalalarining joylanishi topshiriqlar xalqaro standartlarga mos ekan, olimpiadaning ilmiy-metodik saviyasi global maydonda e’tirof etilayotgani, O‘zbekiston va mintaqadagi matematik ta’lim brendi sifatida TasIMOga qiziqish ortayotganini anglatadi.
TasIMO yoshlarning intellektual salohiyatini dunyoga namoyish etayotgan yangi matematik harakatdir!

Estoniya tajribasi Nordik uchun: Tallinnda yangi imkoniyatlar
Xalqaro hamkorlik, innovatsion ta’lim va raqamli transformatsiya yo‘nalishlarida muhim agamiyatli safar davomida delegatsiya aʼzolari Tallinn City Government vakillari bilan uchrashib, ta’lim tizimida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, raqamli platformalar asosida ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Delegatsiya e-Estonia Briefing Centre markazida Estoniyaning ilg‘or raqamli boshqaruv tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, sun’iy intellekt, elektron xizmatlar va zamonaviy EdTech yechimlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha taqdimotlar katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, Estoniya Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar assotsiatsiyasi (Estonian Association of Information Technology and Telecommunications)da o‘tkazilgan muzokaralarda IT, telekommunikatsiya va innovatsion loyihalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Safarning eng muhim uchrashuvlaridan biri Tallinn University of Technology (TalTech)da bo‘lib o‘tdi. Unda sun’iy intellekt, elektron boshqaruv va raqamli davlat konsepsiyalariga oid taqdimotlar namoyish etildi.
Tomonlar talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda memorandum imzolash orqali hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdilar.
Shuningdek, delegatsiya “EdTech Testbeds” xalqaro anjumanida ham faol ishtirok etib, Finlandiya, Germaniya, Estoniya va boshqa davlatlar ekspertlari bilan zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashdilar.
Mazkur ishchi safari orqali Xalqaro Nordik universitetining xalqaro integratsiya, innovatsion ta’lim va raqamli rivojlanish yo‘lidagi maqsadlari izchil amalga oshishida muhim kelishuvlarga erishildi.