Finlandiyaning yetakchi biznes tajribalari - O‘zbekistonda

Finlandiyaning yetakchi biznes tajribalari - O‘zbekistonda

November 01 , 2022

|

1527

Universitetimizda o‘tkazilayotgan ilk xalqaro biznes-forum munosabati bilan fin biznes kompaniyalarining ilg‘or tajribalari o‘rganilmoqda

Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli D.r. Alisher Jo‘rayevning ta'kidlashicha, Finlandiya axborot texnologiyalari, innovatsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, suv resurslarini boshqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi qator sohalarda dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi. Mazkur mamlakat mahsulotlari eksporti bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Forum Finlandiya ishbilarmon doira vakillarining mamlakatimizda biznes yuritishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda. Qulay investitsiyaviy muhit bois qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishilmoqda. Do‘stona kayfiyatda o‘tayotgan biznes-forum ertaga ham davom etadi.