Kompaniya asoschisi va bosh direktori Aviv Ben-Yehuda bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Onlayn uchrashuvda universitetning yangi ochilgan "Musiqa ta'limi" yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi qoshidagi MTTDMQTMOI rahbariyati ham ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida fin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va yosh kompozitorlarni tayyorlashda muhim rol o‘ynayotgan mobil ilova taqdimoti tinglandi. Yevropa cholg‘u asboblari yordamida musiqa mantiqini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.




