🎓 Universitetimizning Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulnoza Aripova va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari bugungi darsni maroqli va samarali o‘tkazdilar.
📚 Ingliz tilida olib borilgan darsda mashhur "Qizil shapkacha" (Little Red Riding Hood) ertagi asosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
🎭 Dars davomida talabalarning ingliz tilidan egallagan bilimlari sahna madaniyati va aktyorlik mahorati bilan uyg‘unlashdi.
⭐ Interaktiv va ijodiy yondashuv natijasida dars qiziqarli hamda esda qolarli o‘tdi.
📌 Dars sifati kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholandi.




