UNICEF bilan ta'lim loyihalari amalga oshiriladi

UNICEF bilan ta'lim loyihalari amalga oshiriladi

October 27 , 2022

|

1595

Oliygohimizga BMT Bolalar jamg‘armasi UNICEFning Ta'lim bo‘limi boshlig‘i Alberto Biankoli tashrif buyurdi.

Ta'limga oid natijalarga asoslangan dasturlar va loyihalarni boshqarishda katta tajribaga ega ekspert bilan ta’lim siyosati, xalqaro va milliy islohotlarni muvofiqlashtirish, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishda kelishuvga erishildi. Uchrashuvda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev tomonidan madaniyatlarni yanada targ‘ib qilish uchun maktab o‘quvchilari, oliy ta’lim universitetlari talabalari uchun Yozgi maktablarni tashkil etish, ta’limning barcha imkoniyatlarini ishga solish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.