"E voh-2025": isteʼdodli ustozlar Nordikda jamlandi

"E voh-2025": isteʼdodli ustozlar Nordikda jamlandi

October 19 , 2025

|

886

Xalqaro Nordik universitetida Erkin Vohidov nomidagi “E voh" o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ilk bor 21-oktyabr - "O‘zbek tili bayrami"ga bag‘ishlab tashkil etilgan "E voh" olimpiadasi respublikamiz bo‘ylab 10 507 nafar o‘qituvchilarni o‘zida jamladi. Birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan eng sara 79 нафар ishtirokchi-ustoz final bosqichda qatnashish uchun yetib keldilar. 


Fan olimpiadasi o‘zbek tiliga mehr, fidoyilik namunasi bo‘lmoqda. Yurtimizning ilmga tashna, yosh avlod qalbiga ona tili jozibasini singdirishga g‘ayrati cheksiz, yangiliklarga intiluvchan o‘qituvchilari ushbu olimpiadada faxr bilan ishtirok etishmoqda. 


Olimpiadada Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov bu ilmiy-maʼrifiy tashabbus nafaqat kasbiy bilim va salohiyat sinovi, balki barchaning qalbida milliy g‘urur va ona tiliga muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim maydon ekanini taʼkidlab o‘tdi. Ustozlarning bugungi ishtiroki faqatgina tanlov emas, balki yurtimizda ilm-fan rivojiga qo‘shiladigan hissa ham ekanligi eʼtirof etildi. Barcha ishtirokchilarga omad, yuqori natijalar va yorqin g‘alabalar tilandi.


Ishtirokchilar olimpiada tartib-qoidalari, baholash mezonlari bilan tanishtirildilar. Ustozlarning insho yozish mahoratlari sinovdan o‘tkazilmoqda. 

 

Sinovlardan so‘ng oldinda ishtirokchilarni ilmiy muloqotlar, Abidlar xiyoboniga tashrif va maʼrifiy, adabiy suhbatlar, Green Hills Resort tog‘li manzilida "Ona tili bayrami"ga bag‘ishlangan festival kutmoqda. 


Fan olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medali sohiblari aniqlab olinadi. Pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari, Finlandiya, Shvetsiya davlatlariga xorijiy dasturlarda malaka oshirish yo‘llanmalari ham o‘z egalariga tantanali topshiriladi.

photo-2025-10-19-12-04-20-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-04-22-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-04-21-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-04-21-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-04-20
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-04-21-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-04-21
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-16-19
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-16-21
Ko‘rib chiqish
photo-2025-10-19-12-16-12
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordik universitetida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazilmoqda

Nordik universitetida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazilmoqda

Xususan, Jurnalistika mutaxassisligi magistrantlari bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan dolzarb mavzularda olib borgan ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etdilar.


Himoya ishlarida matbuot nashrlarida adabiy targ‘ibot masalalarining yoritilishi, globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarida manipulyatsiya usullari, sayyohlar oqimini oshirishda travel jurnalistikasining o‘rni, O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda OAVning ta’siri, shuningdek raqamli texnologiyalar davrida media axborotlarini iste’mol qilish transformatsiyasi kabi ilmiy-amaliy ahamiyatga ega mavzular alohida e’tibor markazida bo‘ldi.


Bugungi kunda jurnalistika nafaqat axborot uzatish, balki jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish, media savodxonlikni oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasiga aylangan. Shu nuqtai nazardan, magistrantlarning ilmiy izlanishlari mamlakat media makonini rivojlantirish va yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga xizmat qiladi.


Nordikda barcha mutaxassisliklarda magistrantlar o‘z tadqiqotlarining nazariy asoslari, metodologiyasi va amaliy natijalarini taqdimotlar orqali asoslab bermoqdalar. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ilmiy ishlar sinchkovlik bilan tahlil qilinib, tadqiqotchilar bilan mazmunli savol-javoblar o‘tkazilyapti.


Komissiya a’zolari tomonidan ilmiy ishlarning dolzarbligi, innovatsion yondashuvlari va amaliy ahamiyati e’tirof etilib, magistrantlarga kelgusidagi ilmiy faoliyatlari hamda tadqiqotlarini rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Dastur doirasida 14 nafar talaba xorijga yo‘l oldi. Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar endi auditoriyada olgan bilimlarini xalqaro ish muhitida amaliyot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Bu safar ular uchun sayohat, yangi tajribalar, kasbiy ko‘nikmalar va xalqaro mehnat muhitini o‘rganish maktabidir.


Talabalar Bolgariyada ishlash, o‘rganish va sayohat qilish orqali o‘z sohalariga oid qimmatli tajribalarni jamlab, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib qaytadilar.

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Ular turli tadbirlar, loyihalar va tashabbuslari orqali talabalarni birlashtirib, universitet hayotini yanada qiziqarli, rangli va jonli qilishga munosib hissa qo‘shdilar.


Har bir g‘oya, har bir tashabbus va har bir ezgu mehnatingiz uchun rahmat!


Sizlar Nordikning eng faol, eng shijoatli va eng ilhomlantiruvchi yoshlari sifatida barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasiz.


👏 Mehnatingiz biz uchun qadrli! Yutuqlaringiz bardavom, orzularingiz yanada ulkan bo‘lsin!

Eshitishdan imkoniyatgacha: xalqaro tajriba va yangi hamkorliklar

Eshitishdan imkoniyatgacha: xalqaro tajriba va yangi hamkorliklar

Tadbirda Turkiyaning tajribali mutaxassislari, xususan, Esra Yücel ishtirok etib, ilg‘or tajriba va innovatsion metodlarni taqdim etdi.


Seminarda Nordik universitetining “Maxsus pedagogika" (logopediya) yo‘nalishi faoliyati ham namoyish etildi. Universitet katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirovaning taqdimoti xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Anjuman natijasida yangi o‘quv yilidan ilmiy tajriba almashish maqsadida Hacettepe University bilan hamkorlik istiqbollari belgilandi. Turkiya mutaxassislari va “INVIVO” klinikasi bilan koxlear implantli bolalarga korreksion yordam ko‘rsatishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu esa maxsus pedagogika, logopediya va surdopedagogika yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.


Seminar davomida talabalarga eng zamonaviy xalqaro metodikalar o‘rgatildi, universitet kutubxonasi esa yangi ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish