Yangiliklar
DTM Jamoatchilik kengashining muhim masalalarga doir yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

October 13 , 2022
853
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM qoshidagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash a'zolari, xususan Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda DTM tomonidan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Hisobotlarda ma'lum qilinishicha, respublika bo‘yicha jami 114 ta oliy ta’lim muassasasidagi 631 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi (2021 yilda – 948 ming 211 nafar). Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 198 533 nafarga ya’ni 21 foizga ko‘p. Tanlov ko‘rsatkichi – o‘rtacha bir o‘ringa 6,3 tani tashkil etdi (2021 yilda – 6,4 ta). Joriy yilda ilk bor 12 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etilib, 6 867 nafar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirdi. Abituriyentlarning 603 886 nafarini xotin-qizlar (52,7 %), 542 858 nafarini erkaklar (47,3 %), tashkil etdi. Kengash yig‘ilishida mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Kun tartibidagi 3 ta masala keng muhokama etilib, kelgusidagi vazifalar belgilandi, tegishli qarorlar qabul qilindi.
So'nggi yangiliklar

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi
Dars psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdumo‘min Rasulov tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar psixodiagnostik tekshiruvning nazariy asoslari, diagnostik test va so‘rovnomalardan foydalanish, kuzatuv usullari, natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish, amaliy misollar asosida tadqiqot olib borish bo‘yicha muhim bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu mahorat darsi Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.

“Fidoyilar” xotira kechasi: buyuk ma’rifatparvarlar xotirasi eʼzozlandi
Avlodlar uchrashuvida milliy tafakkur, tarixiy xotira va ma’rifatga hurmatni mustahkamlashga ahamiyat qaratildi.
Mazkur kechada o‘z umrini xalq ma’rifati, ilm-fan va pedagogika rivojiga bag‘ishlagan buyuk ma’rifatparvarlar hayoti hamda faoliyati yodga olindi. Ularning jasorati, ilm yo‘lidagi fidoyiligi va millat kelajagi uchun qilgan xizmatlari bugungi yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.
Bugun taraqqiyot haqida gap ketganda, avvalo, ma’rifat va tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aynan ana shunday fidoyi insonlarning boy merosini anglash va qadrlash esa yoshlarning Vatanga muhabbatini, ilmga hurmatini va ma’naviy mas’uliyatini yanada kuchaytiradi.
Xotira kechasi talabalarning mavzuga doir chiqishlari, mehmon maʼruzachilarning ibratli nutqlari bilan mazmunli kechdi.

Nordikda zamonaviy pedagogikaning yangi sahifalari
Bu yangi kitoblar bugungi ta’lim ehtiyojlariga javob beradigan muhim ilmiy va metodik manbalardir.
📘 Nashr etilgan qo‘llanmalar:
➖ “Информационно-коммуникационные технологии” (mualliflar — D. Sabirova, O. Azizov)
➖ “Oila pedagogikasi” (muallif — F. Islamova)
➖ “Maktabgacha ta’limda etnopedagogika” (muallif — M. Xasanova)
➖ “Milliy qadriyatlar asosida 5–6 yoshli bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish metodikasi” (muallif — D. Mahmudova).
Mazkur qo‘llanmalarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, milliy qadriyatlar va tarbiya uyg‘unligi, raqamli texnologiyalarni ta’limga tatbiq etish, maktabgacha ta’limning innovatsion metodikalari hamda nazariya va amaliyotni bog‘lovchi metodik tavsiyalar keng yoritilgan.
Ushbu adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasi asosida nashr etilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega.
Bu nashrlar talabalar uchun puxta bilim manbai, pedagoglar uchun metodik tayanch, ilmiy izlanuvchilar uchun esa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha muhim resurs vazifasini bajaradi.

Sohibqironni anglash: eng munosib ijodiy ishlanmalar egalari taqdirlandi
Tanlov davomida talabalar Sohibqiron Amir Temur siymosini turli nigoh va yondashuvlar bilan talqin etdilar: strateg va davlat arbobi sifatida tasvirlashdi, adolat, ilm va bunyodkorlikka tayangan siyosatini zamonaviy qarashlar bilan uyg‘unlashtirishdi.
Ayniqsa, videorolik va esselarda Sohibqiron obrazining bugungi yoshlar tafakkuridagi o‘rni ko‘zga tashlandi.
Devoriy gazeta tanlovi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin — 1XT25 guruhi
🥈 2-o‘rin — 1JI25 guruhi
🥉 3-o‘rin — 1JI23 guruhi.
🎥 Videorolik tanlovi g‘olibi:
🏅 Magistratura bosqichi talabalari — 1 MTS 25.
✍️ Esse tanlovi g‘oliblari:
🥇 Asliddin Toshpo‘latov — 1JR25
🥈 Fazliddin Kulturayev — 1JI25
🥉 Nurillo Muxiddinov — 1BM25
🥉 Ilhom Sattarov — 1JI23.
Taqdirlash tadbiri davomida faol va ijodkor talabalar universitet rahbariyati tomonidan e’tirof etildi.