🇫🇮 Nordik universitetiga Laplandiya gubernatori dr. Hannu Takkula va Finlandiya tashqi ishlar vazirligi vakili Jari Vilen tashrif buyurdilar.
Nufuzli mehmonlarning talabalar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Fin diplomati va siyosatchisi Jari Vilen talabalarga xalqaro reytinglarda eng barqaror, eng baxtli va teng huquqlilar mamlakati - Finlandiyaning tarixi va buguni haqida muhim ma'lumotlar berdi.
Laplandiya meri Hannu Takkula talabalarni hududning dunyo va yoshlar uchun keng imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Talabalar Laplandiyada yashash, biznes yuritish, ish va sayohat haqidagi ko‘plab savollariga javoblar oldilar.
Tashrif davomida Nordik universiteti rahbariyati va Laplandiya meri Hannu Takula o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.
Muzokara davomida akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma tadqiqotlar, innovatorlar va yetakchilar avlodini kuchaytirish, talabalar uchun work and travel dasturlari amalga oshirishga qaratilgan Memorandum imzolandi.




