Nordik professor-olimlari masʼulligida tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat va ilmiy jarayonlarni boshqarish ko‘nikmalari izchil rivojlantirib borilyapti.
Navbatdagi seminarda tadqiqotchi Baxtigul Tolipovaning xo‘jalik yurituvchi subʼyektlarning investitsiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish metodologiyasi mavzusidagi ilmiy izlanishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Doktorant Abdirauf To‘qliyev sanoat korxonalarida moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish orqali monitoring va nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish borasidagi ilmiy izlanish xulosalari bilan tanishtirdi.
Seminarda barcha izlanuvchilarga ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yosh olimlarga doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash, mutaxassislikni chuqur o‘rganish va izlanishlar olib borishga oid zarur tavsiyalar berildi. Ular o‘qishning birinchi yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, har uch oyda hisobotlar taqdim etish mezonlari bilan tanishdilar.




