21-23-fevral kunlari Xalqaro Nordik universitetida “Finlyandiya ta’lim kechasi” o‘tkazildi.
Tadbir doirasida muhim kelishuvlar imzolanib, universitet qoshida “Fin tili va madaniyati markazi” ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova ham ishtirok etdi.




