Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik kengaymoqda

Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik kengaymoqda

January 07 , 2023

|

1793

XNU va TDIU Samarqand filiali hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Universitetimizga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjon Murtazayev tashrif buyurdi. U XNU ish tajribasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Germaniya va boshqa xorijiy davlatlarning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu universitet bilan iqtisodiyotning turli sohalari uchun yetuk kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikka kelishildi.

Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik kengaymoqda - Xalqaro Nordik Universiteti