Ikki bebaho dahoning noyob qirralari yodga olindi

February 12 , 2024
593
XNUda Navoiy va Bobur tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
📌 XNUda o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi ikkita buyuk siymo – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlandi.
🎙 XNU rektori Sherzod Mustafakulov:
"Buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning she’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Yosh shoir iste’dodiga ustozlari Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiylar ham yuksak baho berganlar.
Navoiy yozgan she’r va g‘azallarining miqdoriga ko‘ra peshqadam bo‘lgan. Sharqning barcha janrlarida ijod qilgan. Ayniqsa, uning asarlarida fantastika janri xususiyatlari mujassamligini e’tirof etish joiz. Uning dostonlaridagi fantastik tasvirlar tasodifiy emas, chunki ular raqamli asrimizda amalda qo‘llanilmoqda.
Navoiy va Bobur hayoti hamda ijodini o‘rganish orqali chinakam inson hayoti qanday bo‘lishi kerakligi haqida tasavvurimiz boyib boraveradi…"
📖 Anjuman tafsilotlari:
📌 Adabiy anjumanda buyuk daholar haqida ma’ruzalar tinglandi, g‘azallar o‘qildi.
🎶 Kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, XNU magistratura talabalarining chiqishlari namoyish qilindi.
🎭 Tadbirda el suygan aktrisa, O‘zbekiston Xalq artisti Zuhra Ashurova, "Nihol" mukofoti sovrindori Ilyosjon Arabov, Xoreografiya akademiyasi ansambli va qator hamkor oliygohlar ustozlari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag‘ishladilar.
🏆 "Videoroliklar tanlovi" g‘oliblari e’lon qilindi:
🥇 1-o‘rin: Xayrullayeva Robiya, MBT 123-guruh talabasi
🥈 2-o‘rin: Sharapova Nargiza, 2-MBT 22-guruh talabasi
🥉 3-o‘rin: Madaminova Shoxsanam, 3-MMT 22-guruh talabasi
🎉 G‘olib talabalarimizni tabriklaymiz! 👏👏👏










So'nggi yangiliklar

Xalqaro eʼtirof yana biz bilan!
R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur nufuzli tanlovda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan 300 nafardan ortiq yosh ijodkorlar o‘zaro bellashdilar.
✨ Natijalar – e’tirofga loyiq:
Shahzodabonu Akramova eng yuqori mukofot — Gran-pri sohibasi bo‘lib, Olmaota va Issiqko‘lda o‘tkaziladigan xalqaro tanlovlarga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
✓ Eʼzoza Egamberdiyeva va Qodir Ergashev 2-o‘rin;
✓ Mohinisa Abduvaliyeva 3-o‘rinni egalladi.
Ularning bu yutug‘i mehnat, qat’iyat va ustozlar ishonchi samarasidir.
Quvonarlisi, Qozog‘istonning “Baxtli el avlodi” jamoat fondi tomonidan yosh avlodni san’atga jalb etish va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi samarali faoliyati uchun Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Yoshlarimiz tanlovdan unutilmas taassurotlar, ilhom va yangi marralar sari kuchli ishonch bilan qaytishdi.
Xalqaro sahnalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilayotgan iste’dodli yoshlarimiz bilan faxrlanamiz!
👏 Ularda saboq berayotgan fidoyi ustozlarga alohida tashakkur!

Nordikdan yangi ta’lim platformasi: talim365.uz!
🎓 “Talim365” — bu bilim, tajriba va zamonaviy pedagogik yondashuvlar jamlangan ochiq axborot maydoni. Unda ustozlar, tadqiqotchilar, talabalar hamda ota-onalar uchun ishonchli ma’lumotlar, tahlillar va muhim yangiliklar muntazam taqdim etib boriladi.
💡 Platformada:
✓ ta’limdagi eng dolzarb mavzular
✓ ekspert fikrlari va chuqur tahlillar
✓ innovatsion o‘qitish metodlari
✓ suhbatlar, maqolalar va maxsus reportajlar.
🌱 talim365.uz — bilimli, mustaqil fikrlaydigan va raqobatbardosh avlodni shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi bilim maydoni.
Asosiy maqsad — ilm-fan rivojiga xizmat qiladigan g‘oyalarni ommalashtirish va ta’limning barcha bo‘g‘inlarida samaradorlikni oshirish.
🔎 Platforma barcha uchun ochiq — ta’limdagi muhim o‘zgarishlar, yangi qarashlar va dolzarb tahlillarni talim365.uz bilan birga kuzating.

Motivatsiya — ichki kuchingizni uyg‘oting!
U bizni oldinga undaydi, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka va maqsad sari qat’iyat bilan intilishga yordam beradi. Eng muhimi, motivatsiya insonni majburlamaydi, balki unga tanlash va ongli ravishda harakat qilish imkonini beradi.
🎓 Universitetimiz psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan o‘tkazilgan kichik tadqiqotda 51 nafar respondent-talabaning motivatsiya darajasi o‘rganildi.
📊 Natijalar quyidagicha:
🔹 37,3% talabalarda — balanddan ham yuqori motivatsiya
🔹 33,3% talabalarda — ancha yuqori motivatsiya
🔹 29,4% talabalarda — o‘rtacha motivatsiya.
💡 Bu ko‘rsatkichlar talabalarning aksariyatida bilim olishga intilish, shaxsiy rivojlanishga qiziqish va maqsad sari harakat qilish istagi kuchli ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘rtacha motivatsiyaga ega talabalar bilan psixologik ishlashni kuchaytirish ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✨ Psixologlar tavsiya qiladi:
• Katta maqsadlarni kichik bosqichlarga bo‘ling
• Har bir muvaffaqiyatdan so‘ng o‘zingizni rag‘batlantiring
• Ijobiy fikrlashni shakllantiring: “Men qila olaman!”
• Yutuqlaringizni yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring.
🚀 Esda tuting: motivatsiya — muvaffaqiyat sari ilk qadam.
Uni to‘g‘ri yo‘naltirsangiz, imkoniyatlar eshigi albatta ochiladi.

Muhim uchrashuv: yoshlar, xavfsizlik va kelajak
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Shayxontohur tumaniga biriktirilgan ishchi guruhi vakillari hamda mutaxassislar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kiberxavfsizlik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, rektor maslahatchisi va masʼullar tomonidan yoshlarga jamiyat xavfsizligi, vatanparvarlik va shaxsiy mas’uliyat haqida muhim fikrlar bildirildi.
Tadbirda, kiberxavfsizlik strategiyasi va kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, jonli va mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.