Universitetimizning strategik hamkorlaridan biri Kareliya amaliy fanlar universiteti Prezidenti, Finlandiya rektorlar Kengashi raisining o‘rinbosari Petri Raivo, Xalqaro ishlar departamenti boshlig‘i Liisa Timonen va Akademik ishlar departamenti boshlig‘i Ulla Asikainen tashrif buyurdi.
Uchrashuvda bu ko‘p tarmoqli xalqaro va innovatsion universitet bilan tuzilgan qo‘shma ta’lim dasturlari, ya’ni Sanoat menejmenti va Xalqaro biznes yo‘nalishlarining o‘quv-normativ hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.




