BMTning O‘zbekistondagi kommunikatsiyalar guruhi Finlyandiyalik o‘quvchilar uchun interaktiv trening o‘tkazdi!

BMTning O‘zbekistondagi kommunikatsiyalar guruhi Finlyandiyalik o‘quvchilar uchun interaktiv trening o‘tkazdi!

April 21 , 2023

|

1449

BMT O‘zbekistonda Finlyandiya o‘quvchilari uchun interaktiv trening tashkil etdi.

📌 O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi ta’lim aloqalari tobora mustahkamlanmoqda!

🔹 Trening davomida Finlyandiyadan kelgan yuqori sinf o‘quvchilari Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan tanishdilar.

🔹 Ular O‘zbekistonda ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

🔹 O‘zbekiston hayoti, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, ta’lim sohasidagi yangiliklar Fin o‘quvchilari uchun katta qiziqish uyg‘otdi.

🔹 Yosh mehmonlar O‘zbekiston haqida savollar berib, interaktiv muloqot orqali o‘z bilimlarini kengaytirdilar.

🤝 Xalqaro Nordik universiteti mehmonlarni iliq qabul qilgani uchun alohida minnatdorlik bildiramiz!

📌 Eslatib o‘tamiz, XNU tashabbusi bilan har oy fin talabalari O‘zbekistonga, o‘zbek talabalari esa Finlyandiyaga borib, o‘z bilimlarini oshirib borishmoqda.