Barcha sirtqi ta'lim yo‘nalishlari talabalari diqqatiga
November 03 , 2022
3
Sirtqi ta'lim shakliga qabul qilingan barcha talabalarni universitetimiz rahbar-xodimlari bilan onlayn jonli muloqotda ishtirok etishga taklif qilamiz.
O‘tkazilish vaqti: ertaga, 4-noyabr, soat 17:00 da.
➡️ Jonli muloqotda ishtirok eting va Xalqaro Nordik universiteti faoliyatiga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oling!
💬 Onlayn muloqotga ulanish
⬇️ https://us06web.zoom.us/j/86283421115?pwd=SHgzY0p5Vk5rUWd1VmdGemhrdEoyZz09
➡️ Konferensiya identifikatori: 862 8342 1115.
🔢 Ulanish kodi: 452427
So'ngi yangiliklar
O‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish - eʼtiborda
Nordik universitetida seminar-trening haftaligi jamoaviy hamjihatlikda yuqori saviyada o‘tkazildi.
Treninglarda ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish va taʼlim jarayoniga yangicha yondashuvlarni olib kirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yangi 2025-yilda o‘qituvchilar jamoasi ish faoliyatini stresslardan holi tashkillash, darslarni samarali boshlash va talabalarning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashishga har hijatdan tayyorlandilar.
Haftalik davomida mavjud stereotiplarni buzish, darslarda o‘yin elementlaridan unumli foydalanish ko‘nikmalari ham shakllantirildi.
Rang-barang g‘oya va metodlar o‘rganilmoqda
Nordik universiteti ushbu haftada pedagogik mahorat va tajriba almashish maydoniga aylandi.
Trening davomida darslarning yuqori natijadorligini taʼminlovchi turli metod va vositalar bevosita qo‘llanilib, sinab ko‘rilmoqda.
Nordik ustozlari talabalarning darslarda faolligi, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini oshirish, ijodiy vazifalar orqali puxta bilim olishlarini taʼminlashga xizmat qiladigan yangi pedagogik texnologiyalar va metodlarni o‘rganmoqdalar.
Jarayonda barcha kafedralar o‘qituvchilari faol ishtirok etishyapti.
XNU doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarining ilmiy faoliyati monitoring qilindi
Xalqaro Nordik universitetida ilmiy izlanish olib borayotgan doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
Monitoring doirasida tadqiqotchilarning o‘z ish rejalari asosida yil davomida amalga oshirgan ishlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, ish reja va metodologik dasturlari, kurslardagi ishtiroki va sifat sertifikatlari, dissertatsiya ishlarining bajarilishi, OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallar hamda Scopus tizimining davriy nashrlarida chop etilgan maqolalari kabi tegishli mezonlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi va baholandi.
Tajribali olimlar va mutaxassislardan iborat monitoring komissiyasi a'zolari tomonidan tadqiqotchilarga dissertatsiya ishini sifatli bajarish, shaxsiy ish rejalarini samarali amalga oshirish yuzasidan yo‘nalish va maslahatlar berildi.
"Assalom, Yangi yil!"
Maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalari Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirova boshchiligida Invivo tibbiy reabilitatsiya markazida Yangi yil bayram tadbirida qatnashdilar.
Talabalar Yangi yilni shodon kutib olayotgan bolalarning quvonchiga sherik bo‘ldilar, ular bilan raqslarga tushdilar va bayram bilan tabrikladilar.
Shuningdek, amaliyotda bolalar bilan ishlash jarayonlari yaqindan kuzatildi. Markazning oliy toifali shifokori, xirurg Zebo Karimova talabalarga eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga tibbiy-korreksion pedagogik yordam natijalari borasida maʼlumotlar berdi.