❔ SAVOL: Musiqa ta'limi yo‘nalishiga hujjat topshirish tartibi qanday❓
❕ JAVOB: Musiqa ta’limi yo‘nalishiga umumta’lim maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, bolalar ijodiyot uylarida musiqa/ashula fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borayotgan hamda tizimda 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat staji va ish beruvchining Tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlardan hujjatlar qabul qilinadi.
❔ SAVOL: Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari qay tarzda o‘tkaziladi? Til bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat talab qilinadimi❓
❕ JAVOB: Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari yozma va suhbat shaklida tashkil etiladi. Xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi, lekin bunday sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga kirish imtihonlarida ustuvorlik beriladi.
❔ SAVOL: Sirtqi ta'lim shaklida darslar qanday o‘tiladi❓
❕ JAVOB: Sirtqi ta’lim shakli yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalarga darslar gibrid usulda (oflayn va onlayn) tashkil etiladi.




