Amerika universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatiladi

Amerika universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatiladi

May 11 , 2023

|

1558

Xalqaro Nordik universiteti AQSH universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatish istiqbollarini muhokama qildi.

Bugun Xalqaro Nordik universiteti Boshqaruv kengashi raisi Alisher Jo‘rayev Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Jonathan Henick bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oliygohda qisqa muddat davomida amalga oshirilgan ishlar va universitet faoliyatiga oid muhim rejalar xususida so‘z bordi. Kelajakda AQSH universitetlari bilan hamkorlik qilish istiqbollari haqida suhbatlashildi.