AI — ustoz va talabalarning aqlli yordamchisiga aylanmoqda

AI — ustoz va talabalarning aqlli yordamchisiga aylanmoqda

March 05 , 2026

|

2140

“Sun’iy intellektdan o‘qish jarayonida samarali foydalanish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi. Interaktiv o‘tgan mashg‘ulot talabalarining o‘qish uslubini zamonaviy yondashuvlar asosida yangilashga xizmat qildi.

Trening davomida ishtirokchilar generativ sun’iy intellekt qanday ishlashi, AI yordamida referat, loyiha va taqdimotlarni tez, tizimli va sifatli tayyorlash usullari bilan tanishdilar. 


Shuningdek, professional darajadagi prompt yozish sirlari — ya’ni AI’dan aniq va samarali natija olishning muhim qoidalari amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.


Mashg‘ulotda akademik halollikni saqlagan holda AI’dan foydalanish tamoyillari ham alohida muhokama qilindi. Turli vazifalar uchun qaysi AI vositasi eng samarali ekani real misollar asosida tahlil qilindi.


Natijada talabalar izlanish, tahlil qilish va ilm olish jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.


photo-2026-03-04-11-27-56
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-04-11-27-56-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-04-11-27-56-3
Ko‘rib chiqish