Finlyandiyalik ekspertlar ishtirokida seminar-trening boshlandi

Finlyandiyalik ekspertlar ishtirokida seminar-trening boshlandi

November 26 , 2022

|

1600

Xalqaro Nordik universiteti, Lider xususiy maktabi va Ziyo muallim o‘qituvchilarni rivojlantirish markazi hamkorligida o‘qituvchi-pedagoglar uchun seminar-trening o‘tkazilmoqda.

XNU "Kareliya" konferensiya zalida seminar-treningning ochilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ta'lim tizimida 25 yillik tajribaga ega Finlandiyalik ekspert-spikerlar Hanne Koli va Petri Louranskorpi ikki kun davomida pedagoglarga "O‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta'lim: o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va uni rivojlantirishning zamonaviy usullari" mavzusida mahorat darslari o‘tkazadilar.