Maxsus mehmon bilan jonli muloqot bo‘lib o‘tadi

November 29 , 2022
707
Jonli muloqot maxsus mehmon bilan. Ahad Shahbaz xalqaro ta'lim va madaniyatlararo o‘qitish bo‘yicha ekspert.
Ahad Shahbaz - AQSh va boshqa xorijiy davlatlar universitetlari kampuslarida 30 dan ortiq dasturlar boshqaruvchisi, intensiv ingliz tili va madaniyatlararo ta'lim dasturlari mutaxassisi, Interlink til markazlari birinchi bosh direktori.
⏲ Jonli muloqot vaqti: 30-noyabr, chorshanba, soat 11:00 da
So'nggi yangiliklar

Sohibqiron merosi — yoshlar tafakkurida
Davra suhbatida temurshunos olim, tarix fanlari nomzodi, professor Akbar Zamonov talabalarga Sohibqiron shaxsiyati, uning davlat boshqaruvidagi noyob tajribasi va tarixiy merosining bugungi kun uchun ahamiyati jihatlari haqida chuqur va tahliliy fikrlarini yetkazdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida tarixiy xotira va milliy iftixor tuyg‘usini mustahkamlash, Amir Temur siymosi orqali strategik tafakkur, yetakchilik va mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirishdir.
Uchrashuv davomida mavzuga oid tahliliy ma’ruza tinglandi. Talabalar bilan savol-javoblar va ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarning nafaqat tarixiy bilimlari boyitildi, balki mustaqil fikrlashga ham undaldi.
Davra suhbatida universitetning Tarix va Jurnalistika yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.

Xalqaro muloqot: tahlil va taʼlim integratsiyasi
Nufuzli mehmon — Jurnalistika va Taʼlim boshqaruvi bo‘yicha katta tajribaga ega xalqaro ekspert bilan fikrlar almashildi. Xususan, taʼlim tendensiyalari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, akademik rivojlanishning yangi modellarini tahlil qilish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishga qaratilgan mazmunli muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etish, barqaror rivojlanish yechimlarini ishlab chiqish, tahlillarga asoslangan amaliy yo‘riqnomalar — bilimlar almashinuvi, talabalar va tadqiqotchilar uchun yangi akademik platformalar yaratish xususida so‘z bordi.
Xalqaro darajadagi ilmiy va tahliliy platformalarni kengaytirish borasida kelishuvlarga erishdi.

ETS bilan hamkorlik: xalqaro sertifikatsiya va akademik mobillik sari
Educational Testing Service (ETS)ning Yevroosiyo va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Anna Gutkowska-Zając boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida taʼlim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Jumladan, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ETS tomonidan tasdiqlangan zamonaviy kontentlar asosida qo‘shma treninglar, seminarlar va vebinarlar tashkil etish, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or metodikalar joriy etish masalalari alohida eʼtibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, TOEFL iBT imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish, talabalar va pedagoglar o‘rtasida test savodxonligini rivojlantirish, xalqaro sertifikatsiyaga tizimli yondashuvni shakllantirish hamda global akademik mobillik uchun mustahkam poydevor yaratish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashrif davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatda ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va xalqaro integratsiyani kengaytirishga qaratilgan aniq ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Bu hamkorlik Nordik universiteti va ETS o‘rtasidagi hamkorlikni uzoq muddatga mustahkamga xizmat qiladi.

Nuqtai nazar: Mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch
“Xalq so‘zi” gazetasida Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov muallifligida e’lon qilingan maqolada mazkur yig‘ilishda alohida urg‘ulangan muhim nuqtalar tahlil etilgan, samarali tizim uchun qator yondashuv va takliflar ilgari surilgan.
Maqolada qayd etilganidek, uzluksiz vertikal integratsiya — "maktab — federatsiya — universitet" modeli orqali iqtidorli yoshlar uzluksiz rivojlanadi, har bir sportchi uchun individual rivojlanish dasturlari muhim.
Shuningdek, sport iqtisodiyotini rivojlantirish, klublar va akademiyalar tuzish, raqamli shaffoflik, ilm-fan va sport integratsiyasini kuchaytirish masalalariga eʼtibot qaratilgan.
Sport milliy taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuniga aylanishi lozim. Mazkur masalalarni chuqurroq anglash uchun maqolada ommaviy sportni rivojlantirish borasida ilg‘or davlatlar tajribalari tahlil etilgan.
Yanada kengroq tahlil va fikrlar bilan "Xalq so‘zi"ning 10-aprel soni sahifalarida tanishish mumkin.