Tursun Ali ustozi Rauf Parfi, betakror isteʼdod sohibasi Halima Xudoyberdiya kabi muhabbatini o‘ziga xos yo‘l bilan yuragidan chiqarib ifodalaydi..."
Adabiyot anjumanida O‘zbekiston Qahramoni, yirik adabiyotshunos olim, tarjimon Ibrohim G‘afurov Tursun Ali haqida ana shunday ko‘plab iliq fikrlar bildirdi. Ustozlar, talaba-yoshlarni adibning hayot va ijod yo‘li bilan tanishtirdi, misralaridan namunalar keltirdi. Shuningdek, tolibi ilm uchun zarur qimmatli manbalar nomini maʼlum qildi.
Adabiyot bayramida Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov, filologiya fanlari doktori Suvon Meli, o‘zbek adabiyoti namoyandasi Ulug‘bek Hamdam va boshqalar Tursun Ali ijodi, 2 jildlik yangi saylanmasiga adabiy chizg‘ilar berdilar.
Anjumanda shoirning o‘zi ham yoshlarni ijodidan bahramand etdi. "Nordik taronasi" ansambli ijodkorlari Tursun Ali sheʼrlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar.
Nordik universiteti rahbariyati tomonidan mehmon adiblarga alohida ehtirom ko‘rsatildi, esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ibrohim G‘afurov adabiy suhbatni tashnalik bilan tinglagan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.




