Yangiliklar
Shimoliy Yevropa mamlakatlari bilan media-hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda "Xalq so‘zi" gazetasi muxbirlari Xalqaro Nordik universitetining Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekani Elshod Umarov hamrohligida Shimoliy Yevropa mamlakatlari bo‘ylab ijodiy safardalar. Ijodiy guruh dastlab Latviya poytaxti Riga shahrida O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bilan uchrashdilar. Poytaxt bo‘ylab sayohat qilib, fotoreportaj tayyorlashga muvaffaq bo‘ldilar. Latviya poytaxti Riga Boltiqbo‘yi davlatlari ichidagi eng katta shahar hisoblanadi. Riga ko‘rfazi qirg‘og‘ida, Daugava daryosi yon bag‘rida joylashgan. Riganing eski shahar qismi YUNESKOning nomoddiy boyliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

April 16 , 2023
44
Shimoliy Yevropa davlatlari bilan media-hamkorlik doirasida ijodiy safar uyushtirildi.
📰 "Xalq so‘zi" gazetasi muxbirlari Xalqaro Nordik universitetining Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekani Elshod Umarov hamrohligida Shimoliy Yevropa mamlakatlariga ijodiy safar uyushtirmoqda.
📍 Ijodiy guruh dastlab Latviya poytaxti Rigaga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📷 Poytaxt bo‘ylab sayohat davomida fotoreportaj tayyorlandi, shahar tarixi va madaniyati o‘rganildi.
🏛 Latviya poytaxti Riga Boltiqbo‘yi davlatlari orasida eng yirik shahar hisoblanadi.
🌊 U Riga ko‘rfazi qirg‘og‘ida, Daugava daryosi bo‘yida joylashgan.
🏛 Shaharning eski qismi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
📢 Media-hamkorlik doirasidagi safar davom etmoqda. Yangi loyihalar va hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
So'nggi yangiliklar

Savdo san’ati: kelajagingiz uchun investitsiya!
Ushbu kitobda:
• Xalqaro va mahalliy savdo
• Xaridorga qiymat yaratish texnikalari
• Real keyslar, testlar va amaliy topshiriqlar
• Raqamli savdo va masofaviy muzokaralar
• Tadbirkorlar va talabalarga zarur maslahatlar mavjud.
Darslikda qayd etilgan bilimlar muvaffaqiyatli kelishuvlar uchun asos bo‘la oladi. Talabalar, tadbirkorlar, o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarga o‘qish tavsiya etiladi (mualliflar - Gulchehra Xusanova, Usmonjon Habibjonov).
Savdoni o‘rganing va kelajagingizga sarmoya kiriting!

30 davlatdan 10 000+ ishtirokchi - Bank&Business Expo 2025 da
Forum dunyoning 30 mamlakatidan 10 000 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan yetakchi banklar, FinTech kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar vakillarini, oliy taʼlim muassasalarining raqamli biznes yechimlari sohasidagi olimlari va mutaxassislarini o‘zida jamladi.
Jumladan, Nordik universiteti yosh olimlari ham anjumanda ishtirok etdilar. Ularning forum panel muhokamasida bugungi kundagi moliya va innovatsiya yo‘nalishlarida yangilik va o‘zgarishlar haqidagi chiqishlari tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.
Yirik moliyaviy tadbir raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni bank infratuzilmasiga integratsiya qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarini modernizatsiya qilish kabi ko‘plab mavzularni qamrab oldi.
Banks & Business Expo 2025 mintaqa va dunyoning moliyaviy va biznes hamjamiyatlari ishtirokchilari o‘rtasida biznes aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish va strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etdi.

Nordikdan AQShgacha — bilim, bayram va birdamlik!
Amerikada zo‘r yangilik: O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Nordik universiteti hamkorligida Navro‘z Lourens universitetida katta bayramga aylandi! O‘zbekistonlik talabalarimiz o‘zbekona urf-odatlarni faxr bilan namoyish etishdi, turli millat vakillarini bir sahnada birlashtirishdi.
"Xalq so‘zi" gazetasi universitet rektori Sherzod Mustafakulov muallifligidagi "Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim va mas'uliyatli qadamlar" maqolasi orqali bu voqeani o‘z sahifalariga olib chiqdi .
Bugungi son — albatta o‘qishga arziydi!

Zakovat maydonida – magistrantlar
G‘oliblar bilan faxrlanamiz!
🥇 "Marvel" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥈 "Justice League" jamoasi (Xorijiy til va adabiyoti)
🥉 "Maestro" jamoasi (Musiqa ta’limi va san’at).
O‘yinning har bir daqiqasi sinov, har bir to‘g‘ri javob g‘alaba sari qadam bo‘ldi. Qizg‘in o‘yin, topqirlik, tezkorlik va hamjihatlik uchun barcha ishtirokchi jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz!