
Ayol — jamiyat taraqqiyoti va ma’naviy yuksalishining poydevori
Ushbu tanlov shunchaki tashqi go‘zallik namoyishi emas, balki ayol qalbining boyligi va aql-zakovatining tantanasidir. «Miss Nordik» ishtirokchisi — bu o‘zida milliy qadriyatlarni saqlagan holda zamonaviy bilimlarni egallagan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan lider ayol obrazidir.
Ayol baxtli bo‘lsa — oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa — jamiyat mustahkam bo‘ladi. Bizning asosiy maqsadimiz — bilimli, irodali va ma’naviyatli ayollar safini kengaytirish orqali yurtimiz ravnaqiga xizmat qilishdir. Zero, ayol — hayot chirog‘i va taraqqiyotning mustahkam poydevoridir.



So'nggilari

"Motivation Club" tomonidan tashkil etilgan navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar jamoaviy jipslik va samarali boshqaruv san’atini amalda sinab ko‘rdilar.

"Nordic Students Club" tashabbusi bilan talabalar uchun intellektual va psixologik "Mafiya" o‘yini tashkil etildi.

Klubning navbatdagi uchrashuvi adabiyotdagi eng mashhur va o‘ylantiruvchi asarlardan biri — Jorj Oruellning “Animal Farm (Molxona)” asariga bag‘ishlandi.

“Zebo” loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi munozara yoshlarni o‘ylantirayotgan dolzarb savolga bag‘ishlandi: “Sun’iy intellekt — imkoniyatmi yoki xavf?”