Nordic Music Club’da navbatdagi musiqiy sayohat-Ritm Mavzusi

April 21 , 2025
5
Nordic Music Club a’zolari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi, ya’ni 2-darsimiz, "Ritm" mavzusiga bagʻishlandi. Dars davomida ritm tushunchasi, uning musiqadagi ahamiyati va hayotdagi tutgan oʻrni haqida batafsil tushunchalar berildi.
Nordic Music Club’da “Ritm” mavzusida ilhomlantiruvchi dars! 🎶
Nordic Music Club a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdagi, ya’ni 2-darsimiz musiqaning eng asosiy elementlaridan biri — "Ritm" mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida ritm tushunchasi, uning musiqiy tuzilmadagi o‘rni, inson tanasidagi tabiiy ritmlar (yurak urishi, nafas olish) bilan musiqiy ritm o‘rtasidagi bog‘liqliklar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Klub sardorlari darsni interaktiv, qiziqarli va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda olib borishdi. Ishtirokchilar turli ritmik topshiriqlarni bajarish orqali ritmni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham chuqurroq anglab olishdi. Qo‘l chalinadigan asboblar, tana harakatlari va musiqiy mashqlar orqali har bir ishtirokchi o‘z ritmini his qila oldi. Bu dars nafaqat bilim, balki ishtirokchilarga o‘z ijodiy salohiyatini ochish, musiqani his etish va o‘z ichki ritmini topishda muhim qadam bo‘ldi.
Ritm — bu faqat musiqa emas, balki hayotning o‘zi. Harakat, tartib, uyg‘unlik — bularning barchasi ritm bilan boshlanadi!



So'nggilari

Nordic Music Clubning keyingi uchrashuvi musiqiy bilimlarni chuqurlashtirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Bu safar ishtirokchilarimiz notalar bilan tanishish mavzusida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Musiqa nazariyasining asosiy elementlaridan biri bo‘lgan notalar haqida batafsil ma'lumot berildi, ularning musiqa asaridagi ahamiyati va qanday o‘qilishi tushuntirildi.

Elektron tijorat sohasi va uning soliqqa tortilishi haqida aniq, ishonchli ma’lumotlar, tajriba va qonuniy asoslarni o‘z egasidan o‘rganishga tayyormisiz?

Nordik universiteti va Janubiy Koreyaning Daegu universiteti o‘rtasida xalqaro aloqalar kengaydi.

Nordik universiteti talabalari uchun tashkil etilgan tog' yonbag‘ri bo'ylab sayohat